Muloqot çoğida Özbekiston şaroitida yarimötkazgiçlarni yiğiş va sinovdan ötkaziş autsorsingi quvvatlarini yaratiş, öquv dasturlar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik işlanmalarni öz içiga olgan Özbekiston-Malayziya mikroelektronika texnoparkini hamkorlikda barpo etiş istiqbollari böyiça fikr almaşildi.
Saat Şukrining aytişiça, yarimötkazgiçlar sohasini rivojlantirişda malakali mutaxassislarni tayyorlaş eng muhim qadamlardan biridir. U, şuningdek, Özbekistondagi yoş iqtidor sohiblari salohiyatini yuqori baholadi. Iqtidorli özbek yoşlarini MIMOS Berhad bazasida mavjud infratuzilmadan foydalangan holda tayyorlaş va ikkala mamlakat mutaxassislari iştirokida yarimötkazgiçlarni loyihalaş hamda işlab çiqariş böyiça qöşma korxona taşkil eti masalasi yorqin istiqbolga egaligi ta’kidlandi.
Malayziya tomoni bilan yarimötkazgiçlar sohasida malakali mutaxassislarini öqitiş va tayyorlaş böyiça MIMOS Berhad va "Özeltexsanoat" uyuşmasi örtasida qöşma korxona va Özbekistonda maxsus akademiya taşkil etişga kelişib olindi.
Uçraşuv yakunida markaz rahbari mazkur hamkorlikni amalga oşiriş imkoniyatlarini batafsil örganiş uçun öz mutaxassislaridan iborat guruhni Özbekistonga yuborişini bildirdi.












