Unga köra, Özbekiston milliy jamoasi 10 poğona pastladi. Xose Venansio Lopes boşqaruvida mamlakatimiz mezbonligida ötgan JÇ-2024da guruhda qolib ketib, muvaffaqiyatsizlikka uçragan futzalçilarimiz 11-örindan 21-öringa «şönğişdi». Top-30likda heç bir jamoa bu daraja katta pasayişga uçramagan.
Şunga qaramay, Özbekiston futzal jamoasi Osiyoda Eron (6-örin), Tailand (11) va Yaponiyadan (13) keyingi 4-örinda bormoqda.
Çempionlikka erişgan Braziliya 1-örinda bölsa, Portugaliya va Argentina uçlikdan joy olgan. Ispaniyada bir poğonaga pastlab 4-öringa tuşgan bölsa, qöşni Qozoğiston milliy jamoasi 3 öringa yuqorilab, reytingda beşlikdan joy oldi.
FIFA reytingi. Oktyabr. Futzal.
1. Braziliya
2. Portugaliya
3. Argentina
4. Ispaniya
5. Qozoğiston
6. Eron
7. Marokaş
8. Rossiya
9. Ukraina
10. Fransiya
..21. Özbekiston.
Eslatib ötamiz, Özbekiston JÇ-2024 A guruhida Niderlandiya bilan durang qayd etib, Paragvay va Kosta-Rikaga mağlub böldi va guruhda sönggi örinni egallagandi.








