AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşining bir neçta yuqori martabali amaldori 3 aprel kuni egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi, deb xabar bermoqda Reuters.
«Vaziyatdan xabardor uç kişining sözlariga köra, payşanba kuni ertalab Oq uy huzuridagi Milliy xavfsizlik kengaşining bir neçta direktori lavozimdan böşatilgan», — deyiladi xabarda.
Agentlik manbalari mas’ullarning işdan böşatilişiga nima sabab bölganini aytmagan, ammo ikki suhbatdoş mazkur holatni xodimlarga nisbatan tekşiruv natijalariga boğlagan. Ta’kidlanişiça, lavozimdan olingalar orasida texnologiya va milliy xavfsizlikka mas’ul katta direktor Devid Feyt ham bor.
Sönggi bir neça hafta içida Donald Tramp jamoasi faoliyati bilan boğliq bir neçta mojaro yuz berdi. Ikkita voqea AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uols bilan boğliq. Avvaliga u Yamandagi husiylarga beriladigan zarbalarga oid maxfiy ma’lumotlar tarqalib ketişiga aralaşib qoldi, keyin esa uning yordamçilari harbiy masalalarni muhokama qilişda Gmail poçta manzilidan foydalanib kelgani ma’lum böldi. Şundan keyin OAV ma’lumotlariga köra, ma’muriyatdagi ayrimlar uning iste’fosini talab qilgan.
Avvalroq Mayk Uols Signal messenjeridan Rossiya—Ukraina uruşini tinç yöl bilan hal etiş masalasini muhokama qilişda ham foydalangani ma’lum bölgan edi.












