Germaniya Mudofaa vazirligi yaqin kunlarda hujumkor dronlarni sotib oliş böyiça şartnomalar imzolaydi, deb xabar berdi dpa 3 aprel, payşanba kuni. Dronlarning birinçi partiyasi kiçik böladi va harbiylarga qurilmalarning işlaşi bilan tanişiş imkonini beradi. Agentlikka vazirlikdagi manbalar aytişiça, uçuvçisiz uçoqlarni «kamida ikkita» işlab çiqaruvçidan sotib oliş rejalaştirilgan.
Dronlardan foydalaniş 100 yil avval tanklar paydo bölganiga öxşab zamonaviy uruşda «vaziyatni özgartiruvçi jihat» böldi. Garçi ular butun uruşning natijasini belgilay olmasa ham, alohida janglarda hal qiluvçi rol öynaşi mumkin, deya ta’kidladi Germaniya Mudofaa vazirligi.
Germaniya sönggi yillarda mudofaa texnologiyalari sohasida boşqa mamlakatlardan sezilarli darajada orqada qoldi, deya ta’kidlaydi dpa. Bir neçta kompaniyalar vaziyatni tuzatişga harakat qilmoqda, xususan, dastlab Ukrainaga yetkazib beriş uçun möljallangan HX-2 kamikadze dronini işlab çiqqan Germaniyaning Helsing şirkati.
HX-2 dronlari sun’iy intellekt tomonidan boşqariladi, uzoqroq masofaga ega va radioelektron kuraş vositalariga çidamli. Avvalroq Helsing vakillari NATOning şarqiy qanotida xavfsizlikni mustahkamlaş uçun yangi turdagi UUAni jadal işlab çiqiş tarafdori edi.












