Fransiya yoki Buyuk Britaniya Yevropaning Ukrainadagi vaziyatni tartibga soliş harakatlari doirasida Rossiya bilan aloqalarda taşabbus körsatişi kerak. Bu haqda 3 aprel, payşanba kuni Helsinkida Avstriya prezidenti Aleksandr van der Bellen bilan uçraşgan Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb ma’lum qildi.

Ukrainani qöllab-quvvatlaşga tayyor bölganlar koalitsiyasiga qöşilgan Yevropa davlatlari ötgan hafta ötgan yiğilişda heç bölmaganda uning yetakçilaridan biri Rossiya tomoni bilan aloqa örnatişi kerak degan fikrga keldi, deya tuşuntirdi Stubb.

«Men şaxsan «xohlovçilar koalitsiyasi», boşqaça qilib aytganda, Fransiya yoki Buyuk Britaniyadan vakillarimiz bu bilan şuğullanişini ma’qul köraman», — deya qöşimça qildi u.  Parijdan uşbu formatda prezident Emmanuel Makron, Londondan boş vazir Kir Starmer vakillik qilmoqda.

Stubbning qöşimça qilişiça, Rossiya bilan muzokaralarda Yevropaning har qanday pozitsiyasi yaqindan muvofiqlaştirilişi lozim, deb yozadi Reuters. Şu bilan birga, agentlik Finlandiyaning Rossiya Federatsiyasi bilan umumiy çegarasi borligini eslatib ötadi, uning uzunligi 1300 km. Helsinki rasmiylari Ukrainani faol qöllab-quvvatlamoqda. 2023 yilda Finlandiya NATOga qöşildi.