Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb va Norvegiya boş vaziri Yonas Gar Styore Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi va uni yakunlaş böyiça diplomatik saʼy-harakatlarni muhokama qilişni istagan ğarblik yetakçilar taşabbusi bilan uyuştirilgan.

Finlandiya prezidenti kanselyariyasi bayonotida aytilişiça, muloqotdan maqsad «Ukrainaning Abu-Dabida bölib ötadigan tinçlik muzokaralari böyiça pozitsiyasini töğridan töğri prezident Putinga yetkaziş» bölgan. Bu Putinning sönggi bir yildan ortiq vaqt içida Ukrainani qöllab-quvvatlovçi Yevropa yetakçilari bilan qilgan birinçi muloqotidir – oxirgi marta u 2025-yil iyul oyida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan suhbatlaşgandi.

Kremldagilar şunday muloqot ötkazilganini tasdiqladi va Putin Ukrainadagi «hozirgi vaziyatga baho berib», «mojaroning asl sabablari»ni eslatganini qayd etdi. Şuningdek, Rossiya prezidenti «Yevroittifoq va NATO mamlakatlarining harbiy harakatlar çözilişiga olib keladigan qarama-qarşilik siyosati»ga urğu qaratdi, deya taʼkidlanadi Kreml matbuot xizmati xabarida.

Yevropaliklar esa Volodimir Zelenskiyga ham qönğiroq qilişgan va unga Putin bilan suhbat mazmunini yetkazişgan. «Aleks va Yonas Rossiya rahbariyatiga bizning energetikamiz va infratuzilmamiz böyiça vaziyatni yumşatuvçi real qadamlar darkorligini aniq qilib tuşuntirişdi», – dedi Zelenskiy. Bundan taşqari, uning sözlariga köra, Finlandiya va Norvegiya rahbarlari Ukraina, Amerika va Rossiya vakillari darajasidagi uç tomonlama uçraşuvga tayyorgarlik köriş masalalarini ham muhokama qilgan.

Stubbning kanselyariyasi Finlandiya va Norvegiya rahbarlarining Putin bilan muloqoti «20-oktabr kuni Osloda bölib ötgan uçraşuvning davomi bölgani»ni ham bildirgan. Öşa kuni Norvegiya poytaxtida Donald Trampning maxsus elçisi Stiv Uitkoffning Volodimir Zelenskiy bilan uçraşuvi ötkazilgandi. Unda Styore va Stubb ham iştirok etgandi. Şundan keyin Uitkoff Peterburgga kelib, Putin bilan uçraşgan, keyin yana Osloga qaytib borgan va öşa yerdan AQŞga uçib ketgandi.

Uşbu safar natijasi AQŞ, Ukraina va Rossiya iştirokidagi uç tomonlama uçraşuv ötkazişga kelişib olingani böldi. Bunday sammitni ötkaziş uçun joy sifatida Abu-Dabi tanlangan. Putinning yordamçisi Yuriy Uşakovning maʼlumotiga köra, bu uçraşuv 4-noyabrdan keyin bölib ötadi. Bundan oldin, 3-noyabrda, AQŞda oraliq saylovlar ötkazilişi belgilangan, unda respublikaçilar kongressdagi köpçilik örinlarni boy berişi prognoz qilinmoqda.

Uç tomonlama uçraşuv muddati haqida anons qilarkan, Uşakov tinçlik muzokaralari davomida «butun Yevropa bilan» gaplaşişga töğri kelişini taʼkidlagan. Yevropadagilar esa Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni töxtatiş masalasini muhokama qilişda Yevropa Ittifoqi manfaatlarini himoya qila oladigan muzokaraçini qidirmoqda.