BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) ma’lumotlari asosida Our World in Data platformasida 2025-yilda örmon maydoni eng katta bölgan davlatlar körsatkiçlari e’lon qilindi.

Ma’lumotlarga köra, Rossiya 832,6 mln gektar örmon maydoni bilan dunyoda birinçi örinda turadi. Bu sayyoradagi jami örmon maydonining qariyb beşdan bir qismi - 20,1 foiziga teng.

Ikkinçi örinda Braziliya qayd etilgan - 486,1 mln gektar. Kanadada esa 368,8 mln gektar örmon mavjud.

Keyingi örinlarni AQŞ - 308,9 mln gektar va Xitoy - 227,2 mln gektar bilan egallagan.

Şuningdek, eng yirik örmon maydoniga ega davlatlar qatoriga Kongo Demokratik Respublikasi - 139,2 mln gektar, Avstraliya - 133,6 mln gektar, Indoneziya - 96 mln gektar, Hindiston - 72,7 mln gektar va Peru - 67,2 mln gektar bilan kirgan.

Keyingi poğonalarda Meksika - 66,3 mln gektar, Angola - 63,3 mln gektar, Kolumbiya - 59,5 mln gektar, Boliviya - 54,4 mln gektar va Venesuela - 47,1 mln gektar joylaşgan.

Rossiyada örmon maydonining kattaligi mamlakat geografiyasi bilan boğliq. Uning katta qismi Sibir böylab çözilgan ulkan boreal, ya’ni tayga örmonlaridan iborat.

FAO ma’lumotlariga köra, dunyodagi örmonlarning umumiy maydoni 4 mlrd gektardan oşadi va ular sayyora quruqlik maydonining 32 foizini egallaydi. Rossiya, Braziliya, Kanada, AQŞ va Xitoyning öziga dunyo örmonlarining yarmidan köpi töğri keladi.