Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Toşkent şahri Matbuotçilar köçasidagi 32-uy («Matbuot uyi») investorga berilgani, egalik huquqi esa Özbekiston Milliy axborot agentligidan (ÖzA) olib qöyilgani töğrisida tarqalgan xabarlarni rad etdi.

Qayd etilişiça, prezidentning tegişli qarori bilan «Matbuot uyi» bino va inşootlari (Toşkent şahri, Mirobod tumani, Matbuotçilar köçasi, 32-uy) çindan ham ÖzAga operativ boşqaruv huquqi asosida berilgan.

Qarorga muvofiq, ÖzAga tegişli «Matbuot uyi» bino va inşootlari hamda unga tutaş hududda zamonaviy «Media şaharça» taşkil etilişi belgilangan.

«Hozirgi kunda «Matbuot uyi» binosida demontaj işlari yakuniga yetib, quriliş-montaj işlarini amalga oşiriş uçun loyiha-smeta hujjatlari işlab çiqilgan. Ta’kidlaş joizki, hozirgi vaqtda «Matbuot uyi» bino va inşootlarining sotilişi nazarda tutilmagan va ÖzA mazkur binoni yagona balansda saqlovçisi hisoblanadi», — deyiladi munosabatda.

Şuningdek, «Matbuot uyi» bino va inşootlari hamda unga tutaş hududda qisqa muddatlarda zamonaviy «Media şaharça» taşkil etilib, barça davriy bosma naşrlarning tahririyatlari mazkur binoga joylaştiriladi.

Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligining ma’lum qilişiça, ayni vaqtda binoning beton-panel körinişidagi qismlari demontaj qilinib, karkas holatiga keltirilgan. «Kelgusida uşbu binoni energotejamkor, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlaş, qulay şart-şaroitlar yaratiş hamda zamonaviy körinişga olib keliş maqsad qilingan», — deya ta’kidlanadi xabarda.

Eslatib ötamiz, «Matbuot uyi» 2018 yil bahorda auksionga çiqarilgan edi. Öşanda obektning boşlanğiç narxi 18,7 milliard sömni taşkil etgan. Keyinroq lot auksiondan olib taşlangandi.

2021 yil avgustda Buxoro va Nuroniylar köçasidagi bino xususiylaştiriş doirasida savdoga çiqariladigan 12 ta davlat aktivlari röyxatiga kiritildi. Köp ötmay obekt savdodan olinib, ÖzA balansiga ötkazildi.

2023 yil noyabrda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi «Matbuot uyi» majmuasining rekonstruksiyasi va unga tutaş hududda «Media şaharça» quriş böyiça tender natijalarini e’lon qildi. Tenderda «Yangi Zamon bino» kompaniyasi 98,8 milliard sömlik taklif bilan ğolib çiqdi.