Davlat aktivlarini boşqariş agentligi rasmiylari xususiylaştiriş natijalari qayta körib çiqilmasligi haqidagi norma qonunga kiritilgani yuzasidan izoh berdi.
Kun.uz avvalroq xabar berganidek, 2026-yil 17-avgustda imzolangan qonun bilan bir neçta qonunlarga quyidagiça qöşimça kiritildi:
“Xususiylaştiriş natijalarini, şu jumladan, obyektlarning qiymatini baholaş hamda baholaşga oid hisobotning işonçliligini ekspertizadan ötkaziş natijalarini qayta körib çiqiş, haqiqiy emas deb topiş va bekor qiliş masalalari yuzasidan davlat organlari, şu jumladan, nazorat qiluvçi, huquqni muhofaza qiluvçi organlar va sudlar tomonidan taşabbus bilan çiqiş xususiy mulkning daxlsizligini buziş deb baholanadi hamda bunday işlar körib çiqiş uçun qabul qilinmaydi”.
8-oktabr kungi matbuot anjumanida Davaktiv masʼullariga bu tartibning mazmuni, uning avvalgi qonunçilikdan farqi va bundan keyin xususiylaştirilgan davlat aktivlarini qaytarib oliş mumkin yoki mumkin emasligi haqida savol berildi.
Agentlikning yuridik bölimi boşliği Uluğbek Ğoziyevning aytişiça, xususiy mulk daxlsizligi Konstitutsiyada avvaldan kafolatlangan, biroq bu kafolatlarni qonunçilikda yanada mustahkamlaş zarurati yuzaga kelgan.
“Bu norma aslida Konstitutsiyamizda avvaldan belgilangan mulk daxlsizligi prinsipiga asoslanadi. Lekin xususiylaştiriş natijalarini qayta körib çiqiş, xususiylaştirilgan mol-mulkni qaytariş holatlari sud va huquqni muhofaza qiluvçi organlar orqali amalga oşirilgani uçun uşbu tartib joriy etildi.
Dastlab bu masala 2020-yildagi prezident qarorlarida aks ettirildi. Keyinçalik davlat mulkini xususiylaştiriş töğrisidagi qonunga ham kiritildi.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi heç qaçon xususiylaştiriş natijasini qayta körib çiqiş vakolatiga ega bölmagan. Xususiylaştiriş jarayoni yakunlanib, xususiy mulkni tasdiqlovçi davlat orderi berilganidan keyin bu orderni faqat sud tomonidan bekor qiliş tartibi qonunda saqlanib qolgan. Hozir ham bu tartib mavjud.
Konstitutsiyaga eʼtibor qilsangiz, mulkdorni sud qarorisiz, qonunda belgilangan asoslardan taşqari mulkidan mahrum qilişga yöl qöyilmaydi”, - dedi Ğoziyev.
Ğoziyev yangi norma birinçi navbatda nazorat qiluvçi va huquqni muhofaza qiluvçi organlarga, zarur hollarda esa sud idoralariga ham taalluqli ekanini qayd etdi.

















