«Toşkent issiqlik markazi» OAJ taşabbusi bilan 10 aprel kuni IM-1 va IM-10 qozonxonalari, tegişli issiqlik tarmoqlari quvurlarini gidravlik sinovdan ötkaziş işlarini amalga oşiradi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.

Mazkur tadbirlardan közlangan asosiy maqsad — quvurlarda ehtimoliy zaif qismlarni aniqlaş, issiqlik ta’minotining işonçliligini oşiriş, avariyaviy holatlarning oldini oliş va körsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxşilaşga qaratilgan.

Sinov işlari olib borilişi munosabati bilan 08:00 dan 18:00 gaça Mirzo Uluğbek, Yunusobod, Yaşnobod, Şayxontohur va Uçtepa tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv haroratining vaqtinça pasayişi kuzatilişi mumkin.

Ta’kidlanişiça, mazkur işlar yakunlangaç, Veolia Energy Tashkent mutaxassislari tez fursatda issiq suv ta’minotini barqaror holatga qaytariş uçun zarur çoralarni körişi ta’minlanadi.