Samarqandda stadionda bezorilik qilgan haydovçi, özbekistonliklarni haqorat qilgan tik-toker, işdan olingan giyohvand amaldor va aprelning qolgan kunlaridagi ob-havo kutilmalari — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

Samarqandda haydovçi odamlar ustiga haydadi

Nurobod tumanida Nexia haydovçisi maktabdagi futbol maydoniga maşinasini haydab çiqib, odamlar tomon harakatlangan. Viloyat YHXB ma’lumotiga köra, yigit jamoasi yutqazganidan alamlanib, stadionga haydab kirgan. Hodisa maktab hovlisidagi futbol öyini paytida sodir bölgan.

Haydovçi va avtomobil topilgan, unga ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan va maşina jarima maydonçasiga joylaştirilgan. E’lon qilingan videoda u qilgan işidan puşaymon ekanini aytgan va uzr söragan.

YHXX Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, haydovçiga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi — «bezorilik» böyiça iş qözğatilgan va u hibsga olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Sirdaryo viloyatida ham şunga öxşaş hodisa kuzatilgan edi. Öşanda haydovçi 4,5 yilga ozodlikdan mahrum qilinib, uning Captiva avtomobili jinoyat quroli deb topilib, davlat hisobiga musodara qilingan edi.

Özbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Abdulloh nomi bilan tanilgan Valeriy Yugay qamoqqa olindi. Bu haqda Toşkent viloyati IIBB matbuot kotibi ma’lum qildi.

Yugay 2024 yilning oktyabr–noyabr oylarida Janubiy Koreyada bölgan paytida öz sahifalari orqali özbekistonliklarni haqorat qilgan, milliy qadr-qimmatni pastga urib, diniy e’tiqod böyiça kamsituvçi sözlar işlatgan. Bu çiqişlar millatlararo nizo keltirib çiqarişi mumkinligi aytilmoqda.

25 mart kuni u Abu-Dabi–Samarqand reysi orqali Özbekistonga olib kelinib, huquq-tartibot organlari tomonidan protsessual tartibda qölga olingan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksi asosida iş qözğatilgan va qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijonda amaldor giyohvandlik uçun işdan olindi

Andijon şahri Kambağallikni qisqartiriş va bandlik bölimi rahbari hamda uning örinbosari işdan olindi. Sabab — boşliq iş joyida giyohvand modda iste’mol qilgani aks etgan suratlarning internetda tarqalişi böldi. Bu haqda viloyat boşqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Suratlarda amaldagi rahbar iş vaqtida xizmat xonasida maxsus qölbola uskuna yordamida giyohvand modda tortayotgani tasvirlangan. IIV ma’lumotiga köra, tezkor tadbir davomida undan 0,69 gramm gaşiş moddasi olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi. Tergov harakatlari boşlangan. Har ikki amaldor bilan mehnat şartnomasi bekor qilingan.

Aprelda rekord issiqlik va sel xavfi

Aprel oyining ikkinçi yarmida Özbekistonda havo harorati rekord darajada isib, ba’zi hududlarda sel va toşqin xavflari yuzaga kelişi kutilmoqda. Ayniqsa, Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlarida kuçli yomğir, çaqmoq va hattoki döl kuzatilişi mumkin, dedi iqlimşunos Eron Abdulahatov.

11–13 aprel kunlari köp hududlarda harorat +36 darajagaça kötariladi. Bu aprel uçun kuzatuvlar tarixida qayd etilmagan issiqlik hisoblanadi. Keçqurun ham issiqlik saqlanib turadi.

12 apreldan boşlab Qoraqalpoğiston va Xorazmda salqinlik kirib kelişi kutilyapti. Harorat +20 daraja atrofida pasayişi mumkin. Vodiy va Toşkentda esa harorat me’yordan 8–12 daraja yuqori böladi.

Mutaxassislar aprel uçun noxos bölgan issiqlik ortidan sovuq urişi xavfini ham inkor etmayapti. Qişloq xöjaligi uçun xavotirli vaziyatlar kuzatilişi mumkin.

Meva-sabzavot eksportçilariga imtiyozlar berildi

Prezident qaroriga köra, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvçi va qadoqlab realizatsiya qiladigan tadbirkorlarga 2028 yil 1 yanvargaça soliq imtiyozlari beriladi.

Foyda soliği va ijtimoiy soliq stavkalari 1 foiz etib belgilanadi. Bu imtiyozdan foydalaniş uçun iş haqi eng kam miqdorning kamida ikki baravari bölişi va tuşumning yarmi zamonaviy qadoqlangan mahsulotlardan tuşişi şart.

2025 yilda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini 3,5 mlrd dollarga yetkaziş, 8 ta davlatda yangi ruxsatnoma oliş va 2,1 mln tonna mahsulot uçun qadoq loyihalarini amalga oşiriş rejalaştirilgan.

Şuningdek, 2027 yil 1 aprelgaça dukkakli mahsulotlar uçun uskunalar importida 1 foizlik bojxona stavkasidan foydalaniş mumkin böladi.