Özbekiston 13 apreldan 13 oktyabrga qadar Yaponiyada bölib ötadigan Butunjahon Expo Osaka 2025 körgazmasida «Bilimlar boği» nomli paviloni bilan iştirok etadi.

Özbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi tomonidan amalga oşirilayotgan loyihaning arxitektura konsepsiyasini Atelier Brueckner byurosi işlab çiqqan, qurilişni esa Nussli Switzerland Ltd. olib borgan.

Özbekiston paviloni allaqaçon xalqaro e’tirofga sazovor bölgan. U Germaniya dizayn mukofotining (German Design Award) «A’lo me’morçilik — yarmarkalar va körgazmalar» nominatsiyasida oltin mukofotni qölga kiritgan.

«Bilimlar boği» paviloni — 750 kvadrat metr maydonni egallagan uç qavatli inşootdir. Loyiha ustida işlaş jarayonida mualliflar Xorazm mintaqasidan, xususan, Xiva şahridan ilhomlangan.

Majmuada özbek me’morçiligiga işora qiluvçi an’anaviy materiallar — yoğoç, loy, koşinlar bilan birga, yapon an’analariga xos sugi yoğoçidan (yapon kedri) foydalanilgan.

Pavilonning loyihasi uçburçak şaklida tayyorlangan bölib, Markaziy Osiyo xalqlariga xos an’anaviy tumordan ilhom olingan. Tumor şunçaki bezak emas, u mintaqa tarixi va an’analarida çuqur ildiz otgan himoya, ma’naviyat va madaniy meros ramzidir.

8 metr balandlikdagi muallaq yoğoç qurilma örmonni ifodalaydi: u ham boşpana, ham bilim almaşiş joyi bölib xizmat qiladi. Yoğoç qurilma har tomondan va yuqorisidan oçiq. Razm soliş burçagiga qarab kesişgan yoğoç ustun va tösinlar öziga xos naqş va bezaklarni hosil qiladi, bu esa özbek naqşin bezak beriş san’atida milliy madaniyatning muhim qismi sifatida işora qiladi.