Sankt-Peterburgga uçib kelgan AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Vladimir Putin bilan muzokaralar ötkazadi. Bu haqda RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Kreml vakilining sözlariga köra, uçraşuv mavzulari «Ukraina mojarosini tartibga soliş masalalari» böladi, muzokaralar esa «prezident Putin uçun qança vaqt kerak bölsa, şunça davom etadi».
Şu bilan birga, Peskov Uitkoffning Rossiyaga navbatdagi taşrifini «hal qiluvçi ahamiyatga ega deb atab bölmasligini», uçraşuvdan katta burilişlar kutiş kerak emasligini aytdi. Uning qöşimça qilişiça, bu RF va AQŞ diplomatik işlarining davomidir.
Peskovning ta’kidlaşiça, RF uçun uşbu muzokaralar — «Uitkoffga Rossiyaning asosiy pozitsiyasi va asosiy xavotirlarini yetkaziş imkoniyatidir, bu masalalar keyinçalik prezident Trampga yetib boradi».
AQŞ prezidenti Donald Trampning Yaqin Şarqdagi maxsus vakili Stiv Uitkoff 11 aprel kuni Sankt-Peterburgga uçib kelgan. Bu uning oxirgi ikki oydagi uçinçi taşrifidir.
Axios’ning yozişiça, Uitkoff Rossiyaga Putin bilan uçraşiş uçun kelgan. Naşr manbalariga köra, Tramp Rossiya va Ukraina tinçlik sulhini tuzmaganidan hafsalasi pir bölgan. Ularning ta’kidlaşiça, öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv aprel oxiriga qadar imzolanmasa, AQŞ Rossiyaga qarşi qöşimça sanksiyalarni joriy etişi mumkin.
Avvalroq Oliy Radaning taşqi siyosat va parlamentlararo hamkorlik qömitasi rahbari Oleksandr Merejko Uitkoffni Ukrainadagi mojaroni hal qiliş böyiça muzokaralarda iştirok etişdan çetlatişni talab qilgandi. Ukrainalik deputat amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusidagi Uitkoff bayonotlarini «şarmandali va hayratlanarli» deb atagan.












