Kanadaning Bombardier kompaniyasi bu yil özining yangi Global 8000 samolyotini işga tuşiradi, bu afsonaviy Concorde layneridan keyingi eng tez fuqarolik samolyotidir. Havo kemasining maksimal kruiz tezligi 0,94 Maxni (1152 km/soat) taşkil etadi, bu tovuş tezligiga yaqin, deb yozdi IFLScience.
Global 8000 dunyodagi eng uzoq masofaga uçuvçi fuqarolik biznes-jyeti sifatida tanilgan Global 7500 samolyotining vorisi hisoblanadi. Yangi samolyot 19 yölovçini taşişi va yonilği quyişsiz qariyb 15 ming km masofani bosib ötişi mumkin. Yönalişlar orasida Dubay, Los-Anjyeles, London, Singapur, Pert bor.
2021 yilgi sinov parvozida Global 8000 hatto tovuş tösiğidan oşib 1,015 Max (1253 km/soat) tezlikka erişgan edi, biroq bu tezlik tijorat parvozlarida qöllanilmaydi.
Innovatsiyalar orasida barqarorlikni ta’minlaydigan va turbulentlikni kamaytiradigan Smooth Flex qanoti va bosimni tartibga soliş tizimi mavjud.
Bombardier texnik parametrlarga qöşimça ravişda, qulaylikni alohida ta’kidlaydi: 12497 m balandlikda parvoz qilganda, kabinadagi bosim atigi 884 m balandlikka teng böladi. Bu yölovçilarga sayohat paytida kamroq çarçaşiga yordam beradi.
Global 8000 fuqaro aviatsiyasining yangi davri ramziga aylanişi kutilmoqda. U sönggi 20 yil içida birinçi marta faqat Concorde erişgan tovuşdan tez standartga yaqinlaşadi.





