Britaniyalik olimning yangi tadqiqoti Yerda hayotning paydo bölişi haqidagi an’anaviy tasavvurlarni şubha ostiga qöyadi. London Imperial kolleji xodimi Robert Endres matematik usullar va axborot nazariyasi yordamida şunday xulosaga keldi: jonsiz materiyadan tirik organizmlarning öz-özidan paydo bölişi şunçalik ehtimoldan yiroq ediki, zamonaviy fan buni töliq tuşuntirib bera olmaydi.
Olim oddiy kimyoviy elementlardan birinçi oddiy hujayraning öz-özidan şakllaniş ehtimolini hisoblaş uçun axborot nazariyasi tamoyillarini qölladi. Natijalar hayratlanarli bölib çiqdi: bunday hodisaning sodir böliş ehtimoli juda past.
Endres bu jarayonni klaviaturada tasodifan harf teriş orqali izçil ilmiy maqola yozişga uriniş bilan taqqosladi. Tizim qançalik murakkab bölsa, muvaffaqiyat ehtimoli şunçalik tez nolga intiladi. Fizika qonunlariga köra, har qanday tizim tartiblilikka emas, balki xaosga intiladi, şu tufayli, hayot uçun zarur bölgan murakkab molekulyar tuzilişni yaratiş katta muammo tuğdiradi.
Tadqiqotlar şuni körsatadiki, tasodifiy kimyoviy reaksiyalar va tabiiy jarayonlar dastlab Yer ixtiyorida bölgan vaqt içida hayotning paydo bölişi uçun yetarli emas edi. Bu hayotning paydo bölişi imkonsiz bölganini anglatmaydi - aksinça, zamonaviy ilmiy modellarda qandaydir muhim elementlar yöq.
«Hayotning jonsiz materiyadan paydo bölişiga asos bölgan fizik tamoyillarni aniqlaş biologik fizikaning hal qilinmagan eng katta muammolaridan biri bölib qolmoqda», deb ta’kidladi tadqiqotçi.
Endres hayotning tabiiy kelib çiqişini istisno qilmaydi, ammo olimlar ulkan axborot tösiqlarini yengib ötişga yordam beradigan yangi fizik qonunlar yoki mexanizmlarni kaşf etişi kerak, deb hisoblaydi. Ehtimol, materiyaning öz-özini taşkil etişiga yordam beradigan noma’lum jarayonlar mavjuddir.
Işda, şuningdek, yönaltirilgan panspermiya gipotezasi - hayot Yerga rivojlangan ğayrizaminiy sivilizatsiya tomonidan keltirilgan bölişi mumkinligi haqidagi ğoya ham tilga olinadi. Bu nazariyani öz vaqtida Frensis Krik va Lesli Orgel ilgari surgan. Biroq Endres bunday tuşuntirişni ortiqça murakkab va «Okkam ustarasi» tamoyiliga zid deb hisoblaydi, unga köra oddiyroq tuşuntirişlarni afzal köriş kerak.
Tadqiqot hayotning kelib çiqişi haqidagi savolga aniq javob bermaydi, lekin izlaniş uçun yangi yönalişlarni oçadi. Matematika va biologiyani birlaştirib, olimlar asta-sekin asosiy sirlardan biri - jonsiz narsadan jonli narsa qanday paydo bölganini tuşunişga yaqinlaşmoqda.











