Jon Klark (Berklidagi Kaliforniya universiteti, AQŞ), Mişel Devore (Yyel universiteti, AQŞ) va Jon Martinis (Santa-Barbardagi Kaliforniya universiteti, AQŞ) «elektr zanjirida makroskopik kvant-mexanik tunnellaştiriş va energiyani kvantlaşni kaşf etgani uçun» fizika böyiça 2025 yilgi Nobel mukofoti laureatlari böldi.

«Laureatlar bir qator tajribalar ötkazib, kvant olamining ğaroyib xususiyatlarini inson qöliga siğadigan darajadagi katta tizimda namoyon etiş mumkinligini körsatib berdi», deya ta’kidladi Nobel qömitasi.

«Kompyuter mikroçiplaridagi tranzistorlar bizni örab turgan kvant texnologiyasining namunalaridan biridir. Bu yilgi fizika böyiça Nobel mukofoti kvant texnologiyalarining keyingi avlodini, jumladan, kvant kriptografiyasi, kvant kompyuterlari va kvant datçiklarini işlab çiqiş imkoniyatlarini oçib berdi», deyiladi qömita press-relizida.

6 oktyabr kuni Meri Brunkou, Fred Ramsdell va Şimon Sakaguçiga fiziologiya va tibbiyot böyiça Nobel mukofoti laureatlari bölişgandi. Ular «periferik immunologik tolerantlik böyiça kaşfiyotlar uçun» taqdirlandi.

Nobel jamğarmasi ma’lumotiga köra, laureatlar umumiy 11 million şved kroni (1,18 mln AQŞ dollari) miqdoridagi mukofotni bölib olişadi. Taqdirlaş marosimi an’anaga köra, 10 dekabr kuni, Alfred Nobel vafot etgan sanada Stokholm va Osloda bölib ötadi.

Nobel haftaligi jadvaliga köra, 8 oktyabr kuni kimyo böyiça, 9 oktyabr kuni adabiyot sohasi böyiça, 10 oktyabr kuni esa tinçlik va inson huquqlari sohasidagi yutuqlar uçun mukofotlar e’lon qilinadi. 13 oktyabr kuni esa iqtisodiyot böyiça Alfred Nobel xotirasiga bağişlangan mukofot sohibi aniqlanadi.