AQŞning Viskonsin universiteti professori Frensis Xalzen fizika böyiça 2026-yilgi Nobel mukofotiga sazovor böldi. Bu haqda 6-oktabr kuni Şvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi maʼlum qildi.
Xalzen “IceCube neytrino observatoriyasiga qöşgan hal qiluvçi hissasi va astrofizik kelib çiqişga ega yuqori energiyali neytrinolarni kaşf etgani uçun” mukofotlangan.
Belgiyalik-amerikalik Frensis Xalzen 1970-yillardan beri AQŞning Viskonsin ştatidagi Medison universitetida faoliyat yuritadi. U Janubiy qutb muzliklaridan neytrinolarni aniqlaş uçun ulkan detektor sifatida foydalaniş ğoyasini ilk bor 1988-yilda ilgari surgan.
Neytrino nima?
Neytrino – elektr zaryadiga ega bölmagan va modda bilan juda kam taʼsirlaşadigan elementar zarra. Şu sababli trillionlab neytrinolar Yer orqali deyarli sezilmasdan ötib ketadi. Biroq juda yuqori energiyali neytrinolarning ayrimlari koinotdagi eng kuçli jarayonlar – masalan, ulkan portlaşlar va boşqa ekstremal kosmik hodisalar natijasida hosil böladi.
Xalzen Janubiy qutbdagi tiniq muz qatlami neytrinolarni aniqlaş uçun qulay muhit ekanini anglagan. Neytrino muzdagi atom yadrosi bilan töqnaşganda juda qisqa yoruğlik çaqnaşini hosil qiladi. Muzga örnatilgan minglab sezgir datçiklar ana şu yoruğlikni qayd etadi.
Şu ğoya asosida Janubiy qutbda IceCube neytrino observatoriyasi barpo etildi. U taxminan bir kub kilometr hajmdagi muz qatlamiga joylaştirilgan yoruğlik datçiklaridan iborat bölib, koinotning uzoq hududlaridan kelayotgan yuqori energiyali neytrinolarni qayd etiş imkonini beradi.
Neytrinolar boşqa köplab zarralardan farqli ravişda öz yönalişini deyarli özgartirmagan holda va energiyasini yöqotmasdan koinot böylab harakatlana oladi. Şu bois ular orqali olimlar koinotdagi eng kuçli va ekstremal jarayonlar haqida boşqa usullar bilan olib bölmaydigan maʼlumotlarni olişi mumkin.
Nobel qömitasiga köra, IceCube orqali olingan maʼlumotlar yuqori energiyali neytrinolar qaysi kosmik muhitda hosil bölişini örganişga, şuningdek, ilgari nomaʼlum bölgan kosmik hodisalarni aniqlaşga yordam berişi mumkin. Xalzenning işlari natijasida neytrino astronomiyasi deb ataladigan yangi yönaliş rivojlandi.
2026-yilgi Nobel mukofotlarini eʼlon qiliş haftaligi 5-oktabrda fiziologiya va tibbiyot böyiça mukofot bilan

















