Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Olot tumanida maktab öquvçisi hojatxona quduğiga tuşib ketib, vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Kun.uz holatga oydinlik kiritdi.

Olot tumani Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi rahbari Töxtajon Qutliyevning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, hodisa 15 aprel kuni maktab atrofidagi hovlilardan birida sodir bölgan.

Tumandagi 28-umumta’lim maktabining 3-sinfida öqiydigan qiz dugonalari bilan ta’lim maskani yonidagi dökon egasining hovlisiga kirişgan. Öşa yerda öquvçi işlatilmaydigan eski suv quduğiga tuşib ketgan.

“Qizaloqning yonidagi dugonalari maktabga xabar bergan. Maktab qorovuli yetib borib, öquvçini quduqdan olib çiqqan. Ammo qörquvdanmi özi ham koma holatiga tuşib qolgan. Hozir xabar oldim, komadan çiqayotganini aytişdi. Qorovulni maktab direktori va boşqalar quduqdan tortib olişgan.

Qizni maşinada şifoxonaga jönatişgan. U yölda yoki şifoxonaga borgaç vafot etgan. Öquvçining uyi ham maktab yonida bölgan”, deydi Töxtajon Qutliyev.

Hodisa joyiga tuman hokimi, FVB rahbari va boşqa mas’ullar yetib borgan.