Andijonni rivojlantiriş böyiça takliflar, ta’ziyali xonadondan köngil söragan prezident, bekor qilingan yaraşuv muddati va mustaqil organga aylangan Quriliş inspeksiyasi — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Şarqiy çegarada savdo zonalari taşkil etiladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini rivojlantiriş böyiça yiğilişda Qirğiziston bilan çegarada erkin savdo va sanoat zonalari yaratiş zarurligini bildirdi.
Xususan, Qörğontepa yoki Xöjaobod hududlaridan birida bu loyihani amalga oşiriş taklif etildi.
Şuningdek, Xöjaoboddagi «Döstlik» postida yuzaga kelayotgan tirbandliklar aholi va taşuvçilar noroziligiga sabab bölayotgani qayd etildi. Mas’ul idoralardan muammoni tahlil qilib, yeçim taklif etiş söraldi.
Andijondan Qirğizistonga yillik eksport hajmi 200 mln dollarni taşkil etayotgani ma’lum qilindi. Şu munosabat bilan logistika salohiyatini oşiriş zarurligi ta’kidlandi.
Prezident «Özbekiston–Qirğiziston–Xitoy» temiryöli haqida töxtalar ekan, yuk taşiş imkoniyati 10 barobar oşişi kutilayotganini, ammo içki infratuzilmalar bu yukni qabul qilişga qançalik tayyorligi masalasiga e’tibor qaratdi.
«Andijon turmasi» köçiriladi, köprik ta’mirlanadi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Andijonga taşrifi çoğida 3-son tergov hibsxonasini — xalq orasida «Andijon turmasi» deb ataluvçi muassasani şahar markazidan çiqariş haqida qaror qabul qildi.
Davlat rahbari 100 yil avval qurilgan, «sovuq» binoning markazda joylaşişi notöğri ekanini ta’kidladi. Turma şahar çetidagi joyga köçiriladi, uning örnida zamonaviy savdo va servis markazi barpo etiladi.
Yiğilişda, şuningdek, Xonoboddagi Qoradaryo ustidagi köprikning yomon ahvoli kötarildi. Xalqaro transport oqimi oşgan, biroq köprikning nosozligi sabab tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Prezident bir oy içida rekonstruksiya dasturini tasdiqlaş va 25 mlrd söm ajratişni buyurdi. Köprik 2026 yilda foydalanişga topşirilişi şartligi qayd etildi.
Şu kuni prezident Buloqboşi tumanidagi yiğilişdan söng ta’ziya marosimida ham iştirok etdi. Marhuma Mamlakatxon aya Davronovaning xonadonini ziyorat qildi.
«Yaraşuv muddati» bekor qilindi
Özbekistonda sudlar tomonidan ajraşiş paytida belgilanadigan «yaraşuv muddati» endi yöq. Prezident Şavkat Mirziyoyev bu me’yorni rasman bekor qiluvçi muhim qonunçilik özgarişini imzoladi. Endi zöravonlik qurboni bölgan ayollar, oilaviy ta’qib va bosimlardan bezor bölgan fuqarolar ajraşiş uçun qöşimça muddat kutişga majbur emas.
Bu normaning amaldan olinişi oilaviy zöravonlik qurboni bölgan ayollar uçun nihoyatda katta yengillik böldi.
Bunga qadar hatto jismoniy yoki ruhiy azoblarga uçragan ayollar sud qarori bilan muayyan muddat davomida «yaraşiş ehtimoli» bilan zöravon eri bilan birga yaşaşga majbur bölardi. Bu muddat davomida farzandlar ham şunday muhitda qiynalardi. Endi esa jabrlangan şaxs darhol ajraşiş huquqiga ega böladi.
Prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva 9 aprelda qabul qilingan mazkur özgarişni ayollar huquqlari va bolalar xavfsizligi yölida katta qadam deya baholadi.
«Şaxsiyatni poymol qilgan muhitda heç qanday yaraşuv bölmasligi kerak. Hurmat va xavfsizlik bölmagan oilada yaraşuv mumkin emas. Ayol özini tanlaşi kerak, jamiyat esa buni qöllab-quvvatlaşi şart», dedi Saida Mirziyoyeva. Bu nafaqat ayollar, balki bolalarning ham manfaati uçun muhim ekanini ta’kidladi u.
Quriliş inspeksiyasi endi mustaqil organ
Özbekistonda quriliş sohasini nazorat qiluvçi inspeksiya alohida ijro organiga aylantiriladi. Prezidentning maxsus farmoniga köra, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspeksiyasi vazirlik tarkibidan çiqariladi va mustaqil tuzilma sifatida faoliyat yuritadi.
2025 yil 1 maydan tadbirkorlar inspeksiya bilan şartnoma tuzgan taqdirda, ular quriliş obektlarida qisqa muddatli davlat nazoratini amalga oşiriş imkoniga ega böladi. Bu holda nazorat tadbirlari “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida röyxatdan ötkazilmaydi.
Inspeksiya moliyalaştiriş manbasidan qat’i nazar, tadbirkorlarning moliyaviy işlariga aralaşa olmaydi. Bundan taşqari, sohadagi barça nazorat funksiyalari raqamlaştiriladi, xususiy nazorat mexanizmlari ham joriy etiladi. Bu özgarişlar şaffoflikni ta’minlaş va sohadagi işonçni kuçaytirişga qaratilgan.
Şuningdek, 1 iyuldan boşlab balandligi 2 qavatdan, umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan oşmaydigan yakka tartibdagi uy-joylar va kiçik hajmdagi noturar bino-inşootlarni quriş va rekonstruksiya qiliş işlari xususiy sektor nazoratiga topşiriladi.
Xususiy quriliş nazorati olib borilmaganda yoki nazoratni olib borgan loyihaçining ijobiy xulosasi mavjud bölmaganda, obekt foydalanişga qabul qilinmaydi.
Özbekistonda 1 milliondan ortiq nogiron bor
2025 yil mart oyi yakuniga köra, Özbekistonda 1 mln 31 ming 609 nafar nogironligi bölgan şaxs qayd etilgan. Bu aholining 2,7 foizini taşkil etadi. Ulardan 465 mingdan ortiği ayollar, 566 mingga yaqini erkaklar, 173 ming 285 nafari esa bolalardir.
Yil boşidan buyon 17 ming 499 nafar şaxsga birlamçi, 41 ming 487 nafarga qayta nogironlik belgilandi. Birlamçi nogironlik köp hollarda qon aylanişi, suyak-muşak, tuğma nuqsonlar, endokrin va asab tizimi kasalliklari sabab berilgan.
Nogironlar orasida eng köp — 493 879 nafar kişi 30 yoşdan pensiya yoşigaça bölganlardir. Guruhlar böyiça esa II guruhdagi nogironlar — 695 372 nafarni taşkil etadi.










