Ta’mirlanişga tuşgan Hastimom majmuasi, Turkiyada aldangan qiz, Xitoyda auditdan ötkaziladigan Leapmotor va ekinlarga ziyon yetkazuvçi sovuq kutilmasi — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Hastimom majmuasi ta’mirlanadi
Toşkentdagi Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy binolar qayta ta’mirlanadi. Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengaşi mazkur loyihalarni yodgorliklarga zarar yetkazilmasligi şarti bilan ma’qulladi.
9 aprelda ötgan yiğilişda Abu Bakr Kaffol Şoşiy maqbarasi, Baroqxon va Möyi Muborak madrasalari, Namozgoh va Tillaşayx masjidlari böyiça restavratsiya işlari muhokama qilindi. Barça loyihalar kengaş a’zolari tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.
Qayd etilişiça, devor tagi maxsus 250×250×50 ölçamdagi xumdonda pişirilgan musulmon ğişti bilan töşaladi. Ijro va nazorat Madaniy meros agentligi hamda tegişli davlat muassasalari zimmasiga yuklatilgan.
Şuningdek, Qiziltepa tarixiy muzeyini ta’mirlaş va Xöjaoboddagi Manak ota ziyoratgohiga yangi inşootlar quriş loyihalari ham ma’qullandi.
Haydovçilar örtasida janjal
Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkentning Yunusobod tumanida ikki haydovçi örtasidagi muştlaşuv aks etgan video tarqaldi. Hodisa 12 aprel kuni 13-mavzeda sodir bölgani aniqlangan.
Ma’lum qilinişiça, Spark avtomaşinasining 34 yoşli haydovçisi va Matiz avtomaşinasining 20 yoşli haydovçisi yölda talaşib, özaro janjallaşgan.
Spark haydovçisi öz maşinasidan tuşib, temir jism bilan Matizʼning oynalarini sindirgan va uning rulidagi yoş yigitning boşiga urib, tan jarohati yetkazgan. Jabrlangan fuqaro şifoxonaga murojaat qilgan.
Yunusobod tumani içki işlar bölimi tergov bölimi tomonidan uşbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi — bezorilik asosida jinoyat işi qözğatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Turkiyadagi qurbon qiz vatanga qaytarildi
Öqiş bahonasida Turkiyaga borgan özbekistonlik voyaga yetmagan qiz aldamçilik qurboni bölib, fohişalikka majburlangan. Bu haqda Özbekistonning Istanbuldagi Boş konsulxonasi ma’lum qildi.
Ma’lum bölişiça, ota-onasidan erta ayrilgan S.S. qonuniy vasiysiz Turkiyada öqiş niyatida Istanbulga yöl olgan. U yerda uni A.D. ismli vatandoşi kutib olgan va tahdid orqali jinoiy faoliyatga majburlagan.
Hayoti xavfda qolganini anglagan qiz özbek diasporasiga murojaat qilgan. U faollar yordamida konsulxonaga yetkazilgan va holat rasmiy tartibda körib çiqilgan.
Qiz 14 aprel kuni Özbekistonga qaytarildi. Bu jarayonda Oila va xotin-qizlar qömitasi hamda Ijtimoiy himoya agentligi iştirok etdi. Hozirda S.S.ni oilaviy muhitga qaytariş işlari olib borilmoqda.
Leapmotor Xitoyda auditdan ötadi
Leapmotor kompaniyasi Özbekistonda faqat rasmiy distribyutor orqali faoliyat yuritişini tasdiqladi. UzTest markazi ma’lumotiga köra, norasmiy olib kirilgan C16 avtomobillari tan olinmaydi, ularga kafolat ham berilmaydi.
Keyingi ikki haftada özbekistonlik mutaxassislar Xitoyga borib, zavodda texnik audit ötkazadi. B10EV va B10EREV modellari böyiça sinov hisobotlari taqdim etiladi.
UzTest va kompaniya örtasida sifat nazoratini kuçaytirişga qaratilgan hamkorlik yölga qöyiladi.
Bundan avval Piskentdagi laboratoriyada C16 rusumli maşinada nuqson aniqlanib, martdan boşlab bu rusumdagi maşinalar importi taqiqlangan edi. Lekin 14 aprelda ötkazilgan takroriy sinovdan keyin taqiq şartli ravişda olib taşlandi.
Aprelda daraxtlarni sovuq urişi kutilyapti
17–19 aprel kunlari köplab hududlarda yomğir yoğişi, 19 aprel tongida esa ayrim viloyatlarda harorat nol darajagaça pasayişi mumkin. Bu — ösimliklar uçun xavf.
Iqlimşunos Erkin Abdulahatovga köra, bahor boşidagi namlik lalmi yerlar uçun foydali böldi, ammo Buxoro va Navoiyda yomğir bölmadi. Kuçli yoğingarçilik Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, vodiy viloyatlarida kutilyapti.
Ayrim joylarda 50 mmgaça yomğir yoğişi — bu 1 gektarga 500 tonna suv degani. Şamol esa soniyasiga 15 metr tezlikdan oşib ketsa, zararli bölişi mumkin.
19 aprel tongida Samarqand, Qaşqadaryo, Farğona vodiysi va Toşkent viloyatining toğoldi hududlarida harorat qisqa muddatga nol darajaga tuşişi mumkin. Bu vaqtda boğdor va dehqonlar ekinlarini asrab qolişi uçun e’tiborli bölişi kerak.
Eng köp qayd etilgan huquqbuzarliklar
2025 yilning birinçi çoragida Özbekiston sudlari 138 mingdan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik işini körib çiqib, 105 mingdan ortiq şaxsga nisbatan jazo tayinladi.
Oliy sud ma’lumotiga köra, 19 ming 201 kişi yaraşuv tufayli javobgarlikdan ozod qilingan. Eng köp aniqlangan huquqbuzarliklar — mayda bezorilik, içki işlar xodimining talabini bajarmaslik, litsenziyasiz yölovçi taşiş, energiyadan foydalaniş qoidalarini buziş va haqorat.
Şuningdek, yöl qoidalarini buzib tan jarohati yetkaziş, mast holda transport boşqariş, jamoat joylarida alkogolli içimliklar iste’moli, savdo qoidalarini buziş va sovuq qurol olib yuriş holatlari ham köp qayd etilgan.
Apellyatsiyada 637 qaror bekor qilingan, kassatsiyada esa 1021 qaror kuçdan qoldirilgan. Sudlar körib çiqişi bilan huquqbuzarliklar böyiça tahlil va qarorlar isloh qilingan.










