Yiğilişda qayd qilinişiça, Özbekistonda 136 ta tumanda 1 million gektardan ziyod yerda paxta yetiştiriladi. Hosildorlikni oşiriş maqsadida bu yil, odatdagilariga qöşimça, 42 ta istiqbolli va 18 ta xorijiy navlar ekilgan. Jumladan, ilk bor Xitoy, Hindiston va Turkiyadan olib kelingan navlar qariyb 100 ming gektarda yetiştirilmoqda.
Ta’kidlanişiça, yangi uruğ navini sinovdan ötkazib, davlat reyestriga kiritişga 5 yil ketayapti. Şu bois navlarni sinaşning yangi tizimi joriy qilinişi belgilandi. Unga köra, 31 ta elita uruğçilik xöjaligi va 6 ta uruğlik tayyorlaş sexidagi davlat uluşi ommaviy savdolarga çiqariladi. 46 ta uruğçilik korxonasi birlaştirilib, hududlarda 13 ta zamonaviy korxona taşkil etiladi. Yangi uruğlar 2 yilda ekişga joriy qilinadi.
Şuningdek, foydalanilmayotgan yerlar, böş adirlarda mevali boğlar, jumladan, uzumzor va olmazorlar barpo etişning yangi tizimi joriy qilinadi. Yerni tayyorlaş, köçat oliş, ekiş va suğoriş tizimlari örnatiş hamda boğ hosilga kirgunça 3 yil parvarişlaş uçun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Yangi taşkil etilgan sanoatlaşgan boğlarga 100 foiz zamonaviy suv tejovçi texnologiyalar örnatiladi.
Şuningdek, bunday loyihalarga yer ajratiş tizimi ham özgaradi. Mahalliy hokimlar hosildorligi past yerlar örnida boğ barpo etiş böyiça taklif kiritadi. Ular oçiq elektron tanlov asosida 30 yil muddatgaça ijaraga beriladi.
Prezident boğ va tokzorlarni sanoatlaşgan tarzda barpo etiş muhimligini aytdi.
– Asosiy maqsadimiz qişloq xöjaligini ilmiy asoslangan, BMT Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkilotining eng yaxşi tajribalarini tatbiq qilgan holda rivojlantiriş, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Taqdimotda issiqxona xöjaliklaridan ham samarali foydalaniş, ularni elektr energiyasi, tabiiy gaz va aylanma mablağ bilan ta’minlaş masalalariga ham töxtalib ötildi. Suvni tejaş – dolzarb masala ekani qayd etildi. Hududlarda 732 ming gektar paxta va ğalla maydoni içki nasos agregatlari orqali suğorilmoqda. Ularning 41 foizida energiya iste’moli yuqori.
Şu bois paxta va ğalla yetiştiruvçilar ixtiyoridagi nasoslarni modernizatsiya qiliş uçun bir martalik subsidiya ajratişni yölga qöyiş taklifi bildirildi. Bu orqali elektr energiyasi sarfi va suğoriş vaqtini 60 foizgaça kamaytirişga, pirovard natijada mahsulot tannarxini pasaytirişga erişiladi.
Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, ularni takomillaştiriş böyiça qöşimça körsatmalar berdi.













