Eksport çeklovlarini bekor qilgan prezident, Toşkentda yoqib yuborilgan Tesla, Xorazmda tungi klubdagi ösmir qiz va janubiy koreyaliklarga berilayotgan Urganç aeroporti — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

Prezident raisligidagi videoselektorda çeklovlar masalalari muhokama qilindi

Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötgan videoselektor yiğilişida dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va savdo çeklovlarining Özbekistonga ta’sirini yumşatiş masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, 1 iyuldan boşlab Özbekistonda barça tovarlar eksportiga çeklovlar bekor qilinadi. Faqat 86 turdagi ijtimoiy ahamiyatga ega xomaşyo va mahsulotlarga eksport bojlari saqlanadi. Prezident bu qaror orqali tadbirkorlarga keng imkoniyat yaratilayotganini ta’kidladi.

Uning sözlariga köra, tadbirkorlar qimmat bozorlarga çiqsa, sifatni yaxşilaş va mahsulotni köpaytirişga intiluvçi böladi. Bu esa manfaat keltiradi va soha rivojiga xizmat qiladi.

Şu bilan birga, şakarga aksiz tölovi bekor qilinadi. Quruq sut importiga çeklov ham olib taşlanadi. Bu 40 ming kişi işlaydigan 5,5 ming qandolat va içimlik işlab çiqaruvçi korxonalarning aylanmasi 50 trln sömga yetişiga zamin yaratadi.

Prezident: Rahbarlar tösiq emas, yordam bölsin

Prezident Mirziyoyev ayrim rahbarlarni tadbirkorlarga yordam beriş örniga tösiq bölayotgani uçun tanqid qildi. Uning sözlariga köra, işlab çiqariş va eksportni rivojlantiriş uçun rahbarlar mas’uliyatini kuçaytiriş zarur.

«Hozirgi vaziyatda öz kuç va imkoniyatlarimizga tayanişimiz kerak», – dedi prezident. Ammo ba’zi rahbarlar vaziyatning jiddiyligini anglamayapti.

Bir haftada 3 mingdan ziyod tadbirkor bilan uçraşuv ötkazildi. Ular xalqaro bozorlardagi özgarişlarga moslaşiş uçun tezkor yeçimlar talab qilmoqda. Vazirlar, hokimlar, bank va tarmoq rahbarlariga köp savollar berildi.

Tendensiyalarni örganmasdan, xatarlarni baholamay, yöl oçiş örniga tösiq bölayotgan rahbarlarga qattiq çora körilişi aytildi. Şuningdek, «Bozor töğrisida»gi qonunni işlab çiqiş topşiriği ham berildi.

Toşkentda yoqilgan Tesla

Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanidagi avtoturargohda 37 yoşli yigit M.J. tanişiga tegişli Tesla elektromobilini qasddan yoqib yubordi. Hodisa keça, 17 aprel kuni tungi soat 23:40 da röy bergan.

Qölga tuşgan M.J. öz harakatini özaro kelişmovçilik bilan izohlagan. Videokuzatuvda u yonilği tökib, öt qöygani va hodisa joyidan qoçgani aks etgan.

Maşinaga öt ketgani haqida 23:51 larda öt öçiriş xizmatiga xabar berilgan. Qutqaruvçilar 5 daqiqada manzilga yetib borib, 3 daqiqada yonğinni öçirgan. Hodisada jabrlanganlar yöq.

Fakt böyiça Jinoyat kodeksining 173-moddasi asosida iş qözğatildi. Tergov davom etmoqda.

Tungi klubdagi 7-sinf öquvçisi

Urganç şahridagi reydda 7-sinfda öqiyotgan 14 yoşli qizning tungi klubda raqqosalik qilib işlayotgani foş etildi. Qiz ijtimoiy xavfli ahvolda qarovsiz qolgani uçun voyaga yetmaganlarga yordam körsatiş markaziga joylaştirildi.

Xorazmda ötkazilayotgan «Xavfsiz va soğlom yurt» oyligi doirasida IIB xodimlari tomonidan tungi klublarga reyd uyuştirildi. Qizga iş bergan klub rahbari S.P.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 188-moddasi 2-qismi böyiça ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirildi.

Reydda 24 ta huquqbuzarlik qayd etildi. 76 nafar klub mijozidan OITS böyiça qon namunalari olindi. IIB klub egalari va işçilarini qonunlarga amal qilişga çaqirmoqda.

Urganç aeroportini Koreya kompaniyasi yangilaydi

Janubiy Koreyaning Incheon International Airport Corporation kompaniyasi Urganç xalqaro aeroportini modernizatsiya qiliş va boşqariş böyiça tenderda ğolib deb topildi.

Loyiha davlat-xususiy şeriklik asosida amalga oşiriladi. Xususiy şerik — yuk va yölovçi terminallari qurilişi, yerda xizmat körsatiş işlarini bajaradi. Davlat esa uçiş-qöniş yölagi va perron majmuasini öz zimmasiga oladi.

Kelgusida 19 yillik konsessiya şartnomasi tuziladi. Incheon xalqaro aeroporti Janubiy Koreyaning asosiy aeroporti bölib, 2024 yilda 70 mln yölovçiga xizmat körsatgan.

Loyiha Uzbekistan Airports AJ, Transport va Moliya vazirliklari hamkorligida amalga oşirilmoqda.

8 ta viloyatda sel xavfi

19–22 aprel kunlari kuçli yomğirlar oqibatida 8 ta viloyatning toğli va toğoldi hududlarida sel-suv toşqin xavfi yuzaga kelişi mumkin. Bu haqda «Özgidromet» ogohlantirdi.

Qaşqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toşkent, Namangan, Farğona va Andijon viloyatlaridagi bir qança tumanlar xavfli hududlar sifatida körsatilgan. Ular orasida Yakkaboğ, Şahrisabz, Boysun, Urgut, Zomin, Piskent, Pop, Söx va Xonobod kabi tumanlar bor.

Hududlarda yomğir suvlarining töplanişi ham ehtimoldan xoli emas. Bu esa ayrim aholi punktlari va yer maydonlarini suv bosişiga olib kelişi mumkin.

Fuqarolar, dam oluvçilar va haydovçilardan ehtiyotkorlik çoralarini köriş söralmoqda.