Özbekiston Markaziy banki 21 apreldan ölçovli oltin quymalari narxlarini yangiladi. Quymalar narxi 1 gramm uçun 1 mln 454 ming 920 sömga baholanyapti. Bu – oxirgi rekord narxdan (16 aprel sanasidagi) qariyb 3 foizga, yil boşiga nisbatan 25,4 foizga yuqori.

Oltinning jahon kotirovkalari troya unsiyasi uçun 3400 (3391) dollarga yaqinlaşdi.

21 aprel holatiga köra, oltin quymalari narxlari quyidagiça:

  • 5 grammli oltin quymasi — 7 mln 275 ming söm;
  • 10 grammli oltin quymasi — 14 mln 549 ming söm;
  • 20 grammli oltin quymasi — 29 mln 098 ming söm;
  • 50 grammli oltin quymasi — 72 mln 746 ming söm;
  • 100 grammli oltin quymasi — 146 mln 492 ming söm.

Keyingi oylarda oltin narxlari oşişi tezlaşgani AQŞ prezidenti Donald Trampning Federal rezerv tizimiga qaratilgan tanqidlari va tarif siyosati fonida yuz beryapti. Investorlar orasida işonçsizlik kuçayişi dollarning qadrsizlanişiga olib keldi, bu esa zaxira aktiv sifatida oltin narxining oşişiga sabab böldi.

Bundan taşqari, AQŞ va Xitoy örtasidagi savdo uruşi, Rossiya-Ukraina mojarosi kabi global noaniqliklar investorlarni xavfsiz aktivlarga yönaltirmoqda. Köplab markaziy banklar oltin zaxiralarini oşirişda davom etmoqda.

Ma’lumot uçun, Özbekiston Markaziy banki 2018 yildan boşlab tijorat banklari orqali oltin va kumuşdan tayyorlangan esdalik tangalarni sotib kelmoqda. 2020 yil noyabrdan ölçovli quyma oltinlar ham sotuvga çiqarilgan. Bugungi kunda tijorat banklari orqali 5, 10, 20 va 50 grammli oltin quymalarini xarid qiliş va ularni bankka qayta sotiş mumkin. 2025 yil yanvardan 100 grammli oltin quymalar ham sotuvda paydo böldi.

Quymalar narxlari xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib çiqib, Markaziy bank tomonidan kun davomida qayta körib çiqiladi. Şunga köra, narxlar doimiy özgaruvçan xarakterga ega böladi.