Namangan şahri hokimining qoidabuzar xizmat avtomobili, Haj va Umra uçun yagona portal, qimmatlaşayotgan oltin va pasaytirilgan bojsiz limitga izoh — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Hokim xizmatidagi maşina 47 marta qoida buzgan
Namangan şahar hokimi Anvar Otaxöjayev Namangan viloyati IIB YHXB boşliği Mansur Gaziyevga rasmiy xat bilan murojaat qilib, şahar köçalaridan belgilangan me’yorlarga zid ravişda örnatilgan radarlarni olib taşlaşni söragan edi.
Hokim öz xatida noqonuniy örnatilgan radarlar aholida norozilik kayfiyati ortişiga sabab bölayotgani keltirilgan.
Biroq viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi şahar hokimi Anvar Otaxöjayevning radarlar böyiça yöllagan uşbu xatiga javob berar ekan, Namangan şahar hokimining xizmat maşinasi 47 marta harakat qoidalarini buzganini ma’lum qilgan.
Mansur Gaziyevning javob xatida aytilişiça, şahar, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlari hokimliklariga tegişli maşinalardan tölanmagan va muddati ötgan jarimalar yiğilib qolgan. Xususan, hokimga biriktirilgan Captiva xizmatidagi maşina 8 mln sömlik 11 ta jarimani tölamagan.
Gaziyev hokimdan uşbu qoidabuzarliklarni muhokama qiliş va jarimalarni undirişda amaliy yordam söragan.
Hokimlik esa bu jarimalar talabga zid örnatilgan radarlardan kelganini bildirib, ba’zilarini sud orqali bekor qilişga harakat qilayotganini bildirdi.
Haj va Umra uçun yagona portal
Özbekistonda fuqarolarning ibodat huquqini yengillaştiriş maqsadida Haj va Umra ziyoratlarini elektron nazorat qiluvçi yagona portal işlab çiqiladi. Prezident farmoniga asosan, portal 2025 yil 1 sentabrgaça işga tuşiriladi.
Uşbu platforma orqali hajga boruvçilar uçun yagona elektron navbat, Umra ziyoratiga yöl oluvçilar uçun esa elektron röyxat şakllantiriladi. Barça ma’lumotlarni yiğiş, rasmiylaştiriş va boşqariş jarayonlari raqamlaştiriladi.
Portalga barça davlat va xususiy idoralar ma’lumot tizimlari integratsiya qilinişi lozim. Din işlari böyiça qömita portalni moliyalaştiriş, texnik qöllab-quvvatlaş hamda barça taşkilotlar uçun foydalaniş imkonini ta’minlaşga mas’ul böladi.
Milliy pedagogika universiteti taşkil etiladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 21 aprel kuni maktab ta’limi va pedagoglar tayyorlaş tizimini rivojlantirişga qaratilgan taqdimot bilan tanişdi. «Özbekiston–2030» strategiyasida ta’lim islohotlari ustuvor yönaliş sifatida belgilangan.
Taqdimotda Toşkent davlat pedagogika universiteti negizida Milliy pedagogika universitetini taşkil qiliş taklif etildi. U barça hududlardagi pedagogika institutlari uçun tayanç oliygohga aylanadi.
Yangi Özbekiston universitetida talabalar 24,3 mlrd sömlik grant jalb etgan. U yerda muhandislik, sun’iy intellekt va tibbiyot kabi yönalişlar rivojlantiriladi. Germaniya tajribasi asosida zamonaviy universitet klinikasi taşkil etiş ham közda tutilgan.
Bu yil 233 maktabda öquvçilar PISA xalqaro baholaş dasturiga jalb qilinadi. Şuningdek, Islom taraqqiyot banki mablağlari hisobidan 58 ta maktab quriladi.
Oltin narxi qariyb 1,5 million sömga yetdi
Özbekistonda oltin quymalari narxi 1 gramm uçun 1 mln 454 ming sömdan oşdi. Markaziy bank 21 aprelda uşbu rekord narxlarni e’lon qildi. Bu yil boşiga nisbatan 25 foizga yuqoriroq körsatkiç sanaladi.
Jahon bozorida ham oltin qimmati rekord darajaga yetib bormoqda. Bir troya unsiyasi uçun narx 3400 dollarga yaqinlaşdi. Bu AQŞ prezidenti Donald Trampning Federal rezerv siyosatiga tanqidi va global noaniqliklar fonida yuz berdi.
Özbekistonda esa 5, 10, 20, 50 va 100 grammli tilla quymalari sotuvda mavjud. Masalan, 10 grammli tilla quymasi narxi 14,5 mln sömdan oşib ketdi.
Markaziy bank ma’lumotiga köra, oltin quymalarining narxi xalqaro bozordagi özgarişlarga qarab har kuni qayta körib çiqiladi. Bu esa uning strategik investitsiyaviy ahamiyatini yanada oşirmoqda.
Bojsiz limit nega pasaytirilganiga izoh berildi
1 maydan Özbekistonga olib kiriladigan tovarlar uçun bojsiz limit sezilarli pasaydi. Samolyotda kelayotganlar uçun çeklov 2000 dollardan 1000 dollarga, poyezddagi yölovçilar uçun esa 1000 dollardan 500 dollarga tuşirildi. Kuryyerlik orqali esa endi oyiga faqat 200 dollarlik tovar bojsiz olib kirilişi mumkin.
Bojxona qömitasi buni «taşmaçilik» — ya’ni yirik tovarlarni mayda partiyalarda olib kiriş holatlari köpaygani bilan izohladi. Bayonotga köra, ayrim fuqarolar bir oyda 100 martagaça çegarani kesib ötgan va yuzlab kilogramm tovarlarni şaxsiy ehtiyoj niqobi ostida heç qanday boj tölamasdan Özbekiston hududiga olib kirgan.
Qömitaga köra, xorijiy mamlakatlarga tijorat maqsadida boruvçi yölovçilar va ular tomonidan sodir etilgan xuquqbuzarliklar soni sönggi yillarda karrasiga oşib bormoqda.
Iqtisodçilar esa bunga sabab sifatida yuqori bojlar, «mahalliylaştiruvçilar» manfaati va sun’iy monopoliyalarni körsatmoqda. Ular tijorat emas, erkin raqobat uçun şaroit yaratişni taklif qilmoqda.










