Prezidentning xususiylaştirişga oid farmoni, aksiyalari sotuvga çiqarilgan UzAuto Motors va UzGTL, Samarqandga kelgan Lavrov hamda davlat iştirokidagi korxonalarni taşkil etişga 5 yillik moratoriy — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Lavrov bilan Samarqandda ötkazilgan muzokaralar
Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov rasmiy taşrif bilan Samarqandga keldi. Uning taşrifi doirasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuv ötkazildi. Suhbat çoğida ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilikni yanada mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
Prezident matbuot xizmatiga köra, muloqotda oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş, tovar ayirboşlaş, investitsiyalar va sanoat kooperatsiyasi, şuningdek, ta’lim, madaniyat, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik masalalari körib çiqildi.
Taşrif doirasida Sergey Lavrov Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan muzokaralar ötkazdi. Unda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
2025 yilda xususiylaştiriş keng quloç yozadi
Prezident farmoniga köra, 2030 yil 1 yanvargaça davlat iştirokidagi korxonalarni taşkil etişga moratoriy joriy qilindi.
Şuningdek, bozorlar va savdo majmualarida mahalliy hokimlikning majburiy iştirok etişi talabi bekor qilindi.
2025 yilda 30 trln sömlik davlat aktivlari va yer uçastkalari sotilişi, 10 trln söm tuşum olinişi belgilandi. Şuningdek, 115 ta jamiyatdagi davlat uluşlari, 659 ta köçmas mulk va 6,1 ming gektar yer savdoga çiqariladi.
Qöşimça ravişda, kamida 30 ta foydali qazilma konlari auksionga qöyiladi. Mohiyatli yangilik sifatida 2030 yilgaça davlat iştirokidagi yangi korxonalar taşkil etilişiga moratoriy joriy qilindi.
10 ming metr kvadratgaça bölgan davlat obektlari yuqori texnologiyali işlab çiqariş yönalişidagi tadbirkorlarga 5 yilgaça tekin foydalanişga beriladi. Şartlar bajarilsa, obekt baholangan qiymatda sotiladi.
UMS, UzAuto Motors aksiyalari sotuvga çiqariladi
Prezident qaroriga muvofiq, davlat iştirokidagi yirik korxonalardagi aksiyalar paketi xalqaro va mahalliy bozorlarda ommaviy savdolarga çiqariladi. Bu jarayonga xalqaro miqyosdagi konsalting kompaniyalari jalb etiladi.
Qarorga köra, 29 ta yirik korxona ustav kapitalidagi uluşlar ommaga taklif etiladi. Şundan 12 tasi xalqaro va mahalliy fond bozorlarida IPO yoki SPO şaklida amalga oşiriladi.
Sotuvga çiqariladigan korxonalar qatorida UMS, UzAuto Motors, Uzbekistan GTL, Özagrosuğurta, Toşkent traktor zavodi va issiqlik elektr stansiyalari bor.
Şuningdek, 2025 yil 1 dekabrgaça davlat korxonalarini 2030 yilgaça isloh qiliş va xususiylaştiriş strategiyasi işlab çiqiladi.
Ijaraga berilmagan mulk narxi tuşiriladi
Prezidentning 2025 yil uçun xususiylaştiriş dasturiga oid farmoniga köra, auksionda 6 oy davomida ijaraga berilmagan davlat mulki obektlari boşlanğiç narxi 50 foizga pasaytiriladi.
Agar bunda ham ijaraga berilmasa, auksion 1 iştirokçi bilan ham ötkazilgan deb hisoblanadi. Şuningdek, ijara şartnomasi tuzilgan kundan boşlab 1 oy içida yillik tölovni amalga oşirgan tadbirkorga asosiy stavka miqdorida çegirma beriladi.
Farmonga muvofiq, 1 iyuldan boşlab Savdo-sanoat palatasi davlat mulki obektlarini elektron auksionga çiqariş arizalarini mustaqil taqdim etiş huquqiga ega böladi.
Taşkilotlar tugatilayotganda ularning soliq va penyalari töxtatiladi. 1 oktyabrdan egasiz mulk obektlari davlat röyxatiga faqat sud orqali olinadi.
Özini özi band qiluvçi rieltorlik
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi «Rieltorlik faoliyati töğrisida»gi qonun loyihasini birinçi öqişda ma’qulladi. Loyihaga köra, yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan şaxslarga «köçmas mulk böyiça agent» sifatida rasmiy rieltorlik faoliyatini amalga oşiriş huquqi berilişi mumkin.
Bu orqali xufiyona faoliyat yurituvçi maklerlar legallaştirilişi, yaşirin iqtisodiyot qisqartirilişi va rieltorlik xizmatlarining şaffofligi oşirilişi maqsad qilingan.
Şuningdek, elektron savdolar, onlayn hisob-kitob tizimlari va «Yagona reyestr» axborot bazasi joriy etilişi közda tutilmoqda. Bu sohadagi professional birlaşmalarning vakolatlari ham kengaytiriladi.
Qonun rieltorlik bozorini rasmiylaştiriş va sifatni oşirişga qaratilgan.










