BAA bilan tahdid ostida qolgan vizasiz rejim, Samarqanddagi mudhiş avtohalokat, Dubay şokoladidagi xavfli bakteriyalar va Özbekistonga sudda yutqazgan Turkiya kompaniyasi — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

BAAga vizasiz rejim tugatiladimi?

20 aprel kuni Dubayda özbekistonliklar örtasida sodir bölgan piçoqbozlik oqibatida 15 nafar fuqaro qölga olindi. Mojaro ikki jinoiy guruh örtasida kelib çiqqan bölib, guruh yetakçilaridan biri öldirilgan.

Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonovning ma’lum qilişiça, mazkur voqea yuzasidan diplomatlar Dubay jinoyat qidiruv boşqarmasi rahbariyati bilan uçraşuv ötkazgan.

Unda janjalga aloqador Özbekiston fuqarolari qölga olingani va BAA tomoni tergov olib borayotgani ma’lum qilingan.

Sönggi vaqtlarda Özbekiston fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlari köpayayotgani ikki davlat örtasidagi vizasiz tartibga ta’sir körsatişi mumkinligi ham ta’kidlangan.

Taşqi işlar vazirligi fuqarolarimizni xorijda özi va yurtdoşlari şa’niga doğ tuşiruvçi harakatlardan qat’iyan tiyilişga çaqirdi.

Samarqanddagi mudhiş avtohalokatda 33 yoşli ayol öldi

Samarqand şahrida Lacetti haydovçisining yuqori tezlikda harakatlanişi oqibatida sakkiz nafar piyoda urib yuborildi. Hodisa 11 aprel kuni şaharning Rödakiy köçasida sodir bölgan. Biroq hodisaning tasviri internetda tarqalişi ortidan rasmiylar bugunga kelib voqeaga öz munosabatini bildirişga majbur bölişdi.

Haydovçi avval piyodalar ötiş joyida töxtab turgan Laböga urilgan, söng boşqaruvni yöqotib, piyodalar ötiş yölagida odamlarni urib ötgan. Oqibatda 33 yoşli ayol vafot etgan, uning uç farzandi onasiz qoldi. Jabrlanganlar orasida uç yoşli bola ham bor.

Haydovçiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi böyiça iş qözğatildi. U 10 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin. Dastlabki tergov işlari boşlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda haydovçi piyodalarni katta tezlikda urib yuborgani aks etgan. Viloyat IIB jamoatçilikni huşyorlikka va qoidalarga amal qilişga çaqirdi.

Şukrullo Isroilov avtomobilini olib qoçgan yigit qamaldi

Taniqli artist Şukrullo Isroilovga tegişli Mercedes-Benz avtomobilini öğirlab ketgan 1998 yilda tuğilgan Şerzod ismli yigit 2 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Ma’lum bölişiça, avtomobil Isroilovning farzandi nomida bölgan. Hodisa vaqtida transport vositasi oçiq holda qoldirilgan va kaliti içida bölgan. Şerzod bu imkoniyatdan foydalanib, maşinani olib qoçgan.

«Maşinani haydab körişga qiziqdim», — dedi u sudda va qilgan işidan afsusda ekanini bildirdi. Yöl-patrul xizmati xodimlari uni Uçtepa tumanida uşlab qolgan.

Şukrullo Isroilov ham maşina topilganini tasdiqlab, fuqarolarni avtomobillarini oçiq qoldirmaslikka çaqirdi. Sudda Isroilovning öğli sudlanuvçiga nisbatan da’vosi yöqligini bildirdi.

Öqituvçilar attestatsiyasida bahsli holatlar kuzatildi

Samarqandda öqituvçi testdan çiqqan bölsa-da, onlayn efirda hali bino içida köringani muhokamaga sabab böldi. Maktab vazirligi bu holatni internet uzilişi va kadrlarning brauzer xotirasida saqlanişi bilan izohladi.

Vazirlikning ma’lum qilişiça, efirda uziliş bölgan va natijada ekranda sal avvalgi kadrlar keçikib uzatilgan. Qinğirlikda gumon qilinayotgan nomzod esa 52 ball töplab attestatsiyadan öta olmagan. Barça jarayon videoyozuvlar orqali tasdiqlangan.

Andijonda esa imtihon çoğida telefondan foydalangan nomzod test natijasidan mahrum etildi. Hodisa 19 aprel kuni aniqlangan va şu kuniyoq çora körilgan.

Umuman, hozirgaça toifa sinovlarida 24 nafar nomzod aloqa vositalaridan foydalangani uçun attestatsiyadan çetlaştirilgan.

Vazirlik barça jarayon töliq nazorat qilinyotganini va tartibbuzarliklarga nisbatan keskin çoralar qöllanayotganini ma’lum qildi.

Özbekiston Turkiya kompaniyasini sudda yutdi

Investitsion nizolarni hal qiliş xalqaro markazi (ICSID) arbitraj tribunali Bursel Tekstil kompaniyasining Özbekistonga nisbatan barça da’volarini rad etdi. Da’vo miqdori taxminan 700 mln dollarni taşkil qilgan.

Tribunal kompaniyani Özbekistonning arbitraj xarajatlarini qoplab berişga ham majbur qildi. Arbitraj işi 2017 yilda boşlangan bölib, qariyb 7 yil davom etdi. Bursel hukumatni paxta eksporti va soliq imtiyozlari böyiça va’dalarga rioya qilmaganlikda ayblagandi.

Özbekiston manfaatlarini Adliya vazirligi va White&Case yuridik firmasi himoya qildi. Qaror yakuniy va majburiy hisoblanadi.

Bursel Tekstil — 2000 yillar boşida Özbekistonda töqimaçilik sanoatiga yirik sarmoya kiritgan turk kompaniyasi edi.

«Dubay şokoladi»dagi xavfli bakteriyalar

Fix Dessert Chocolatier brendi ostida sotilayotgan «Dubay şokoladi» inson salomatligi uçun xavfli deb topildi. Texinspeksiya mutaxassislari nazorat xaridi orqali namunalarni UzTest laboratoriyasida tekşirdi va jiddiy qoidabuzarliklar aniqladi.

Tekşiruv natijasida mahsulot tarkibida mezofil aerob va fakultativ anaerob bakteriyalar, açitqi zamburuğlar, koli guruhi bakteriyalari hamda salmonella mavjudligi qayd etildi. Bu bakteriyalar qat’iy taqiqlangan hisoblanadi.

Inspeksiya ma’lumotlariga köra, şokolad inson salomatligi uçun xavfli bölib, ayniqsa, allergik kasalliklarni keltirib çiqarişi mumkin.

Şuningdek, mahsulotning taşqi körinişi va yorliqlaş qismi ham texnik reglament talablariga javob bermagan.

Harorat +39 darajagaça kötarilişi kutilmoqda

Özbekistonda dam oliş kunlari havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat ayrim joylarda +36…+39 darajagaça kötarilişi kutilmoqda.

Özgidromet ma’lumotiga köra, şamol şarqdan soniyasiga 7–12 metr tezlikda esadi, ba’zi hududlarda çang-tözon bilan 15–20 metrgaça kuçayişi mumkin. Kunduz kunlari harorat +27…+30 daraja bölib, yakşanbaga borib +32…+35 darajagaça yetadi.

Şimoliy, janubiy va çöl hududlarida ayrim joylarda harorat +36…+39 darajagaça isiydi. Keçalari havo harorati +15…+18 daraja atrofida böladi.