23 aprel kuni Istanbul va uning atrofidagi hududlarda davomli zilzilalar sodir bölarkan, aholini qörquv bosdi. Rasmiylar va hokimiyat vakillari odamlarni uy içida qolmaslikka çaqirib, yer qimirlaşi qaytalaşidan ogohlantirdi. Qörqqanimiz uçun oilamiz a’zolari bilan masjidda tong ottirdik, deydi bugun Istanbulda yaşovçi yurtdoşimiz Otabek Tillayev.
Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boşqarmasi (AFAD) ma’lumotiga köra, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 12:49 da Marmar dengizi hududida, Istanbulning ğarbiy çekkalaridan uzoq bölmagan hududda qayd etilgan. Rasmiylar keyingi soatlar mobaynida 50 dan ortiq afterşok sodir bölganini ma’lum qildi. 6,2 magnitudali zilzilada yer 13 soniya davomida qimirlab turgan. Suhbatdoşimizning sözlariga köra, 23 aprel Turkiyada milliy bayram bölgani uçun aholi dam olişda bölgan va ma’lum ma’noda bu istanbulliklarning omadi edi. Odamlar darrov köçaga otildi, dastavval özlari, ularning ortidan esa birin-ketin keksalar çiqib kelişdi, deydi Otabek Tillayev.
“Kuçli yer silkişini böldi, öşanda mahalliy vaqt bilan soat 12:49 edi. Odamlar tabiiyki, köçaga otildi, yoşi kattalar esa birozdan keyin pastga tuşişdi. Zilziladan keyin rasmiylar darrov aholiga murojaat qilib, afterşoklar bölişidan ogohlantirdi. Keçga qadar turli joylarda vaqt ötkazdik, lekin yer qimirlaşidan keyin qayta içkariga kirişga köpçilik qörqdi. Odamlar şunda köçalarda çodir tikib, tunaşga qaror qildi” – Otabek Tillayev
Suhbatdoşimizga köra, seysmologlar orasida va zilzila böyiça qaraşlarda ham bölinişlar bor. Televideniye orqali zilzila muhokamasi davomiy bölmoqda, ba’zi seysmologlar buni kutilgan zilzila desa, ba’zilari asosiy zilzilalar hali oldinda ekanidan ogohlantirmoqda. Bosim yiğilib bormoqda, oldinda sodir bölişi mumkin bölgan zilzila 7-7,5 ballgaça bölişi mumkinligi aytiladi, deydi yurtdoşimiz.
Rasmiylarga köra, zilziladan qörqib yuqori qavatdan özini pastga otganlar soni 150 dan ortiq va ular şifoxonalarda davolanmoqda. Turkiya hozirga qadar zilzila oqibatida halok bölganlar yöq desa-da, zilzila qörquvidan vafot etgan Özbekiston fuqarosi bor. Bu haqida davlatning Istanbuldagi konsulligi ma’lum qilgan. U fuqaro jasadi Özbekistonga jönatilgan.
Zilzila vaqtida odamlarning harakati va favqulodda vaziyatlarga tayyorligi muhim. Turkiya seysmologik faol hududda joylaşgani bois aholi hayoti va mediadagi kun tartibda zilzila doim asosiy mavzulardan böladi. Odamlar juda tartibli harakatlandi, deydi Otabek Tillayev.







