Aleksandr Lukaşenko Polşa va Litva hukumatlari respublika orqali ötib boradigan migrantlar oqimidan qörqişini ma’lum qildi. Belarus prezidenti ularni tinçlanişga çaqirib, mamlakatdan «heç bir afğon» ötib ketmasligini ta’kidladi.
«Ular eng köp qörqadigan narsa, bu yerga pokistonliklar kelib qolişidir. Ular qöşimça migrantlar borişidan qörqişadi. Şuning uçun polyaklar va litvaliklar tinçlanişsin. Bizdan heç qanaqa afğonlar, heç qanday turkmanlar, özbek yoki tojiklar ötib ketmaydi», — deydi Lukaşenko.
Belarus prezidentining qöşimça qilişiça, mehnat migratsiyasi — bu normal. Uning sözlariga köra, Belarusga nafaqat sobiq SSSRning janubiy mintaqalaridan, balki Rossiya, şuningdek, Litva, Latviya va Polşada işlaşga kelişadi.
Lukaşenko xorijdagi Belarus muxolifatini nazarda tutib, «polyaklar bu qoçqinlarni qözğatayotgani»ni ta’kidladi. Uning sözlariga köra, Polşa hukumati jazavaga tuşib, «Belaruslarni şovqin kötarişga undamasligi» kerak.
11 aprel kuni Lukaşenko Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif bilan uçraşdi. Uçraşuv davomida ular Belarusga 100–150 ming pokistonlik mehnat migrantlari kelişi mumkinligi böyiça kelişuvga erişdi. Polşa prezidenti maslahatçisi Stanislav Jarin esa Pokistondan migrantlarni jalb qiliş ehtimolini «Polşaga qarşi gibrid operatsiya elementi» deb atadi.












