Eronda 28 aprel kuni Bandar-Abbos portida sodir bölgan, sönggi ma’lumotlarga köra, 36 kişi halok bölgan va 1200 dan ortiq kişi jarohatlangan portlaş ortidan milliy motam e’lon qilindi.
Portlaşdan söng boşlangan yonğin dastlab nazoratga olindi, biroq u qator konteynerlarda bitum va kimyoviy moddalar borligi sababli portning şarqiy qismiga tarqaldi. Eron rasmiylari avvalroq portlaş heç qanday harbiy materiallardan kelib çiqmaganini bildirgan edi. Fojia yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mahalliy naşrlarga köra, portlaş oqibatida bir neça kilometr radiusdagi binolarning derazalari sinib ketgan, internetda tarqalgan kadrlarda portlaşdan keyin osmonda qöziqorin şaklidagi bulut hosil bölganini köriş mumkin.
Eron soğliqni saqlaş vazirligi Hörmuzgon viloyatida favqulodda holat rejimi e’lon qilib, aholidan uylarda qoliş va derazalarni tambalab, niqob taqib yuriş söralgan.
Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon portlaş böyiça tekşiruv borişini nazorat qiliş uçun mamlakat içki işlar vaziri uşbu hududga yuborilganini ma’lum qilgan. U portlaş oqibatida halok bölganlar uçun «çuqur hamdardlik» izhor etgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bandar-Abbos portidagi qurbonlar va keng kölamli vayronagarçiliklar munosabati bilan Eron rahbariyatiga hamdardlik bildirdi. Yonğinni öçirişga yordam beriş uçun Rossiya respublikaga Favqulodda vaziyatlar vazirligining ikkita samolyoti – Be-200ÇS amfibiya samolyoti va Il-76 samolyotini yuboradi.












