«Liverpul» öz maydonida «Tottenhem»ni 5:1 hisobida mağlub etib, muddatidan oldin APL çempionligini rasmiylaştirdi.

Muhammad Saloh APLdagi 185-golini kiritib, argentinalik Serxio Agueroni ortda qoldirgan holda legionerlar orasida turnirning eng yaxşi töpurariga aylandi.

Uşbu ğalaba evaziga «qizillar» 82 oçko bilan çempionlikni rasmiylaştirdi. «Tottenhem» esa 37 oçko bilan 16-poğonada qoldi. Çempionlik uçun liverpulliklar jamoasi «Tottenhem»ga mağlub bölmasligining özi kifoya edi. 2022 yilda «Liverpul» sönggi turga qadar çempionlik uçun kuraşgan va 92 oçko bilan ikkinçi örinni, 2024 yilda esa 82 oçko bilan uçinçi örinni egallagandi.

«Liverpul» oxirgi marta 2020 yilda, Yurgen Klopp vaqtida çempion bölgan. Joriy Angliya çempionligi klub tarixidagi 20- va 1992 yilda taşkil topgan APL doirasidagi ikkinçi çempionlik hisoblanadi.

Mavsum avvalida Opta statistik platform superkompyuteri «Liverpul»ning çempionligini 5,1 foizga baholagan, asosiy favorit sifatida esa «Mançester Siti»ni (82,2 foiz) körsatgan edi.

APL. 34-tur

Liverpul – Tottenhem 5:1

Gollar: Dias 16, Makk Allister 24, Gakpo 34, Saloh 63, Udojiye 69 (avt) — Solanke 12.