Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nomoddiy madaniy meros namunalarini ro‘yxatga kiritish bilan bog‘liq reglament tasdiqlandi
Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga YaIDXP va Davlat xizmatlari markazlari orqali nomoddiy madaniy meros namunalarini milliy va mahalliy ro‘yxatlariga kiritish tartibini belgilaydi.
Nomoddiy madaniy meros namunalarini ro‘yxatga kiritish yoki undan chiqarish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti hukumat tomonidan tasdiqlandi.
Mazkur Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga YaIDXP (my.gov.uz) va Davlat xizmatlari markazlari orqali nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy ro‘yxatlariga kiritish hamda ulardan chiqarish, shuningdek, ularning ushbu ro‘yxatlarga kiritilgan yoki kiritilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotlar olish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti ushbu sohada vakolatli organ hisoblanadi.
Reglamentga ko‘ra, Nomoddiy madaniy meros namunalarini:
- milliy ro‘yxatga kiritish yoki undan chiqarish masalasi ilmiy-metodik kengash tomonidan;
- mahalliy ro‘yxatga kiritish yoki undan chiqarish masalasi ekspertlar guruhi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy ro‘yxatlariga kiritish yoki ulardan chiqarish, shuningdek, ularning ushbu ro‘yxatlarga kiritilganligi yoki kiritilmaganligi to‘g‘risida belgilangan shakldagi ma’lumotnoma beriladi.
Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.
Mavzuga oid
18:28 / 11.06.2026
Madaniyatga tikilgan pullar, san’atkordan vazirlikka, internet madaniyatchilari – vazir Nazarbekov bilan suhbat
15:09 / 01.06.2026
Spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga qo‘shimcha gonorar to‘lanadi
15:07 / 01.06.2026
Prezident: Adabiyot va san’at sohasini qo‘llab-quvvatlashning yangi bosqichi boshlanadi
13:05 / 01.06.2026