Kun.uz'ga boğlanib, şaxsi sir qoliş şarti bilan ma’lumot ulaşgan manbaning aytişiça, 19-avgust kuni Nurafşon şahar bölimi boşliği Mirkarim Ahmadjonov yiğiliş ötkazib, unda qöl ostidagi xodimlar hamda yoşlar yetakçilarini kurakda turmaydigan sözlar bilan haqorat qilgan.

Toşkent viloyat hokimligi vakili biz bilan suhbatda uşbu ovoz Yoşlar işlari agentligi Nurafşon şahar bölimi boşliği Mirkarim Axmadjonovga tegişli ekanini tasdiqladi.

Yoşlar işlari agentligi Kun.uz söroviga javoban audioyozuv yuzasidan örganiş boşlanganini ma’lum qildi. Köp ötmay, Ahmadjonov işdan olingani ma’lum qilindi.

E’tiborlisi, rahbar yiğilişda ayollar ham bölganiga qarab ötirmagan. Xodimlardan birining ayollarni çiqarib yuboriş haqidagi taklifini esa rad etgan. Quyida suhbat stenogramma uyatli sözlarsiz keltirib ötiladi.

- Mahallangga borsa ... …, ... … Yoşini bilmaydi ... … San-çi?

- Keça telefon qilgan paytingiz “sroçno” uydan telefon bölib qoldi.

- San … … Telefondan qaytib çiqmaysanmi san bola? Eslolmayapsanmi, eslatib qöyaymi sanga, qaytib çiqmaysan telefon qilganda. … ... agar hammangni... bittalab ... lyuboyingga çiqqin. Lyuboyingga çiq!

- Bitta gap aytsam böladimi? Qizlar çiqib tursa böladimi?

- Turaversin qizlar. Neççida keldilaring sanlar? Man neççida kirib ketdim uyoqqa?

- 5:30 midi, 15 ta kam 5 midi… Boşqa qaytarilmaydi…

- Yöq, bundoq mahallangda nimadir qoyillatib qöygan bölsalaring ham mayli-da. … … narsa-da: kunlik ma’lumotni rasm olasan, bergan jadvalga şuni qöyib berasan, hokim yordamçisi bilan xotin-qizlar orqasidan ötkazib qöyasan böldi, bular bir soatlik iş man uçun. Bir soatda qilib taşlayman bu ma’lumotlarning hammasini.

Manga ham kerak emas sanlarni mana bu yerga yiğib olib. Sanlar tuşunmayapsanlar, öşaning uçun yiğdim. Bölmasa mahallangni işini qilganlaring yaxşi-yu manga. Bir oydan beri aytaman, Namangan tajribasi deb, birortang tuşunmaysanlar. Törtta mahalla … Oldin oş berib qöygansan böldi-da, muammoli oşni. Sanlarga yoqvottimi, şunaqa sassiq gap yoqvottimi sanlarga? Ikki soat oldin aytsam, yarim soat keç kelasanlar ... Birortangni gapirayotganim yöq, mana, yarim soat keç kelganlaring.

San-çi, Rözimatilla? Yaxşilikka oş-poş qilib javob beryapsanmi san manga?

- Nega? Man keça lekin “sroçno” ketib qoldim. Bu yerga keldim, 7 da ketdim, dori olib borişim kerak edi. Bolalarga aytib ketdim.