Amerikaning Amazon korporatsiyasi Kuiper loyihasi doirasida vazifasi sun’iy yöldoş aloqa tarmoğini yaratişdan iborat bölgan aloqa sun’iy yöldoşlarining birinçi partiyasini orbitaga muvaffaqiyatli olib çiqdi. 28 aprel, duşanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:00da AQŞning Kanaveral burunidan bortida 27 sun’iy yöldoşi bölgan Atlas V raketasi uçirildi, deb xabar berdi raketa işlab çiqaruvçi United Launch Alliance.
Atlas V'ning uçirilişi dastlab aprel oyining boşiga rejalaştirilgan edi, biroq noqulay ob-havo tufayli qoldirildi.
Joylaştirilgandan söng, sun’iy yöldoşlar Yer past orbitasida taxminan 400 milya (630 km) balandlikda aylana boşlaydi. Umuman olganda, loyiha doirasida Amazon yaqin yillarda orbitaga 3200 dan ortiq sun’iy yöldoşlarni çiqarişni rejalaştirmoqda, ular 12 yerusti stansiyasi bilan birgalikda işlaydi.
Tizim 400 Mbit/s minimal tezlikda keng polosali internetga ulanişni ta’minlaşi kutilmoqda. Qurilmalarni orbitaga çiqariş uçun Amazon nafaqat milliarder Jyeff Bezosga tegişli Blue Origin raketalaridan foydalanadi, balki Yevropada yangi raketa uçiriş qurilmalarini ham sotib oldi.
«Koyper» deb talaffuz qilinadigan Kuiper nomi quyoş tizimining çekkasida joylaşgan Koyper kamariga işora qiladi. Kiçik samoviy jismlarni öz içiga olgan bu joy butun Quyoş tizimi şakllangan protoplanetar tumanlikning qoldiği hisoblanadi.












