30 aprel, çorşanbaga ötar keçasi Rossiya uçuvçisiz uçoqlarining Dniproga uyuştirgan ommaviy hujumi natijasida kamida bir kişi halok böldi. Bu haqda viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Lisak hamda Dnipro meri Boris Filatovning Telegramʼdagi xabarlarida aytilgan.
Ikkinçisining ta’kidlaşiça, Rossiya uçuvçisiz uçoqlarining şahardagi hujumi çoğida bir kişi jarohatlangan, kamida beşta xususiy uy zarar körgan.
Şu tunda Xarkivga Rossiya uçuvçisiz uçoqlarining yirik hujumi oqibatida kamida 39 kişi jarohatlangan, deb xabar berdi şahar meri Igor Terexov Telegramʼda. Öz navbatida, Xarkiv OHM rahbari Oleg Sinegubov jabrlanganlar orasida 16 yoşli öğil bola, beş yoşli qiz bola va 24 yoşli homilador ayol borligini ma’lum qildi.
Igor Terexovning sözlariga köra, mahalliy vaqt bilan soat 23:26 ga kelib, 16 ta zarba qayd etilgan. «Köp qavatli va xususiy uylar, tibbiyot muassasasi va fuqarolik infratuzilmasi zarar körgan», — deya röyxatlarni keltirdi mer.
Öz navbatida, Xarkiv viloyat prokuraturasi Telegramʼda qurolli mojarolarda sodir etilgan jinoyatlarga qarşi kuraş bölimi boşliği Spartak Borisenkoning şarhini e’lon qildi, unda Xarkivning Slobodskoy, Şevçenko, Kiyev, Saltovskiy va Nemişlyanskiy tumanlari hujumga uçragani körsatilgan.
«Suspilne Xarkiv» Telegram-kanalida Rossiyaning Xarkivga bergan zarbalari oqibatlari aks etgan bir qator fotosuratlar çop etildi. Ularda, jumladan, yonib ketgan maşinalar va oynalari singan köp qavatli binolar körsatilgan.













