Xarkiv viloyati harbiy maʼmuriyati rahbari Oleg Sinegubov şaharning Osnovyan tumanida ikki qavatli işlab çiqariş binosi, ikki qavatli köp kvartirali uy va bir qavatli turarjoyda yonğin çiqqanini maʼlum qildi.

Uning sözlariga köra, zarba oqibatida 32 va 65 yoşli ikki ayol, 56 yoşli erkak hamda tört yoşli öğil bola yaralangan. Ularning uç nafariga şifoxonada yordam körsatiş zarur bölgan.

Xarkiv meri Igor Terexov ham Rossiya droni köp kvartirali turarjoyga urilganini tasdiqlagan. U dastlabki maʼlumotlarga tayanib, bino içida odamlar çiqolmay qolganini bildirgan.

Şu keça Ukraina Havo kuçlari Bryanskdan Kiev tomon ballistik qurol qöllanişi xavfi haqida ogohlantirgan, keyinroq esa bu xavf bekor qilinganini maʼlum qilgan.

Havo kuçlari xabarlariga köra, Xarkiv va Dnipropetrovsk viloyatlari, şuningdek, Kiev va uning viloyati yönalişida reaktiv dronlar hamda boşqariladigan aviabombalar qöllangan hujumlar davom etgan.