Ruminiyaning sotsial-demokrat boş vaziri Marçel Çolaku prezidentlik saylovlarining birinçi bosqiçida öta öng nomzod Jorjye Simion ğalaba qozongani uçun iste’foga çiqişini ma’lum qildi. «Ovoz beriş natijalari hisobga olinsa, liberallar va Vengriya ozçilik partiyasi bilan tuzilgan uning hukmron koalitsiyasi «hozirgi şaklda heç qanday qonuniylikka ega emas», dedi Çolaku 5 may, duşanba kuni Buxarestda jurnalistlarga.

Şuning uçun, uning sözlariga köra, u iste’foga çiqişga qaror qilgan. Çolaku prezidentga hukumat rahbari lavozimidan iste’foga çiqiş töğrisida ariza topşirganini ta’kidladi va bundan buyon parlamentda kerakli köpçilikni taşkil etmaydigan vazirlar mahkamasi a’zolariga undan örnak olişni taklif qildi.

OAV xabarlariga köra, hukumat a’zolari 18 may kuni bölib ötadigan saylovning ikkinçi bosqiçidan söng yangi hukumat tuzilmagunça işlaşda davom etadi.