Aleksandr Lukaşenko Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 80 yilligi munosabati bilan amnistiya töğrisidagi qonunni imzoladi. Belarus prezidenti matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, qonun qariyb 8 ming mahkumga ta’sir körsatadi.
«Buyuk Ğalaba bayrami arafasida uşbu qonunning qabul qilinişi – aybdor şaxslarni ijtimoiy hayotga qaytarişga intilayotgan Belarus jamiyatida insonparvarlik namoyon bölayotganidan dalolatdir», — deyiladi xabarda.
Amnistiya ta’sir qiladigan mahkumlar jazodan va boşqa jinoiy javobgarlik çoralaridan ozod etiladi. Katta ijtimoiy xavf tuğdirmaydigan yoki unçalik oğir bölmagan jinoyatlar uçun jazo yengillaştirilişi mumkin.
Amnistiya yetkazilgan zarar yoki talafotni töliq qoplagan va jazo muddati davomida ijobiy tavsiyanoma olgan şaxslarga nisbatan qöllanadi.
Qonun quyidagi yangiliklarni ham nazarda tutadi:
- ilgari sudlanmagan, 70 yoşga tölgan va olti yilgaça ozodlikdan mahrum etilgan şaxslarga jazo yengilroq – oçiq turdagi jazoni ijro etiş muassasasiga yuborilmasdan, ozodlikni çeklaş şakliga almaştiriladi;
- ehtiyotsizlik bilan inson ölimiga sabab bölgan jinoyatlarda töliq amnistiya emas, balki qisman amnistiya qöllanadi – jazo muddati bir yilga qisqartiriladi.
Şuningdek, Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko ekstremistik yönalişdagi jinoyatlar uçun qamalgan 42 mahkumni afv etdi. Ularning 13 nafari surunkali kasallikka ega, bir nafari nogiron. Mahkumlarning 24 nafarining voyaga yetmagan farzandi bor.












