Fridrix Mers Germaniyaning yangi kansleri etib saylandi. Navbatdan taşqari saylovda uning XDI/XSI bloki mutlaq ovoz ololmagani bois Olaf Şols partiyasi bilan koalitsion hukumat tuzişga qaror qildi. Germaniyaning Özbekistondagi elçisi esa yangi hukumat iş boşlaşi munosabati bilan matbuot anjumani ötkazdi. Germaniyaga faqat malakali mutaxassislar kerak, noqonuniy migratsiyaga jiddiy qarşimiz, deydi elçi matbuotga.
Fridrix Mers ilgari nemis hukumatida işlamagan, lekin AQŞ-Yevropa munosabatlarining murakkab davri, Ukraina uruşi böyiça strategik qadamlar taşlanib, Germaniya içkarisida ham inqirozli vaziyat davom etayotgan bir davrda u hokimiyatni qölga olmoqda. Mers bloki oxirgi saylovda nisbatan köp ovoz olgan, mutlaq emas. Şuning uçun duşanba kuni koalitsiya tuzişga kelişib olindi. Germaniyaning Özbekistondagi elçisi Manfred Hutererga köra, hukumat işga kirişişidan avval koalitsiya şartnomasini qabul qilgan. Fridrix Mers taşqi dunyo kutib turmaydi, deya tezroq hukumat tuzişga harakat qildi.
Elçining qöşimça qilişiça, Markaziy Osiyo davlatlari bilan erişilgan kelişuvlar öz örnida qoladi, dialog holati özgarmaydi.
“Fridrix Mers Şolsning partiyasi GSDP bilan koalitsiya tuzişga qaror qildi va ikki tomon hafta boşida koalitsion hujjatga imzo çekdi. Demak, avvalgi partiya ham boşqaruvda bölarkan, Germaniya içki va taşqi siyosatida davomiylik ta’minlanadi. Mers taşqi siyosatda faol, u saylaniboq ertasida Parij, keyin Polşaga boradi” – Manfred Huterer, Germaniyaning Özbekistondagi elçisi
Navbatdan taşqari saylovdan oldin Mers va uning bloki çegarani mahkamlaş, qattiqroq migratsiya siyosati talabi bilan çiqqan. Bundan taşqari, Şols hukumati noqonuniy muhojirlar köpayib ketgani bois jiddiy tanqidlarga uçragan. Yangi hukumat biroq, Germaniya darvozalarini migrantlar uçun töliq yopmaydi, faqat qonuniy yöllar bilan keluvçi malakali mutaxassislar qabul qilinadi. Ular nemis tilini ham bilişi lozim.
“Saylov oldidan bölgan debatlarda hamma bir xil fikrni aytdi – hamma noqonuniy migratsiyaga butunlay qarşi. Töğri, Germaniyaga muhojirlar kerak, biroq malakali mutaxassislarga ehtiyojimiz bor. Masalan, soğliqni saqlaş sohasida 300 ming, 80 ming nafar oğir vaznli yuk maşinalari haydovçilariga ehtiyojimiz bor. Heç qaçon qonuniy migratsiyaga qarşi bölmaganmiz” – Manfred Huterer, Germaniyaning Özbekistondagi elçisi
Germaniya xuddi Fransiya kabi Özbekistonga xomaşyo manbalari yetkazib beruvçi asosiy davlatlardan biri sifatida ham qaraydi, ya’ni Berlin xomaşyo bilan ta’minlovçi bozorni diversifikatsiya qilmoqçi.
Elçiga köra, ötgan yillar mobaynida Germaniya Özbekistonga 700 million dollardan ortiq mablağ ajratgan, şulardan 300 million dollari davlatdagi siyosiy loyihalar uçun sarflangan kreditlar hisoblanadi. Endilikda Germaniyaning turli fondlari mas’uliyatli hukumat boşqaruvi va barqaror şaharlarni quriş uçun mablağ berişni rejalamoqda.
Bugungi kunga kelib Germaniya va Özbekistonning özaro savdo aylanmasi 1 mlrd yevroga yaqinlaşgan, deydi elçi. Bundan taşqari, Berlin Özbekistonning mustahkam mudofaa salohiyatiga ega bölişini istaydi.
Dunyo oxirgi vaqtda yarim kuçlarning bosimi ostida qolmoqda, jumladan Germaniya ham. Berlin dunyo şohsupasiga faqat gigant davlatlar emas, örta va kiçik davlatlar ham çiqişi tarafdori, dedi Manfred Huterer öz çiqişida. Uning qöşimça qilişiça, Ukraina uruşi tugaşi kerak, lekin Ukraina manfaatlari hisobga olingan holda. Hozir öt oçişni töxtatişga kelişilyapti, biroq bu Kiyev manfaatlari oyoqosti böladigan tarzda qilinmasligi kerak, dedi elçi.
Elçi yaqin kunlarda Fridrix Mers va Donald Trampning telefon orqali muloqoti kutilayotganini ham ma’lum qildi.










