Şveytsariyada 68 yoşli ayol qöşnisining muşugiga ovqat bergani uçun sud qilinadi. Mamlakat qonunlariga köra, özgalarning uy hayvonini muntazam ravişda boqiş jinoyat hisoblanadi, deb yozmoqda Swissinfo.
Qayd etilişiça, ayol 10 oyga yaqin doimiy ravişda qöşnisining Leo laqabli muşugiga ovqat berib kelgan va uni öz kvartirasiga olib kirgan. U hatto muşuk mustaqil ravişda bemalol kirib-çiqişi uçun maxsus eşik ham örnattirgan.
Muşukning egalari ayoldan bir neça bor unga ovqat bermaslikni söragan. Ammo Leo öz uyiga kam kelişni davom etgan, keyinçalik esa umuman kelmay qöygan. Şu bois hayvonning egalari ayolni öz muşugini noqonuniy ravişda egallab olişda ayblagan.
Tsyurix prokuraturasi nafaqadagi ayolga nisbatan 3,6 ming Şveytsariya franki (4,3 ming dollar) miqdorida jarima belgilaşni, şuningdek, qöşimça 800 frank undirişni söragan. Ayol idora qaroriga rozi bölmagan va iş sudga oşirilgan.
Şveytsariyada hayvonlar şaxsiy mulk sifatida e’tirof etiladi. Şuning uçun özgalarning uy hayvonlarini muntazam oziqlantiriş mumkin emas, aks holda jarima yoki boşqa jazoga tortiliş mumkin.












