Mustaqil kurd davlatini yaratiş uçun Turkiyaga qarşi 40 yildan ortiq qurolli kuraş olib borgan Kurdiston işçilar partiyasi (KIP) tarqatib yuborilganini e’lon qildi. Bu qaror partiyaning may oyi boşida bölib ötgan 12-qurultoyi yakunlari böyiça qabul qilingan, deb yozdi Reuters.

Qurultoy delegatlari KIP kurd muammosini endi demokratik yöllar bilan hal qilişi mumkin degan xulosaga keldi. Şunday qilib, Kurdiston işçilar partiyasi öz tarixiy missiyasini bajardi va öz faoliyatini töxtatdi.

Qurultoy 1999 yildan beri umrbod qamoq jazosini ötayotgan KIP yetakçisi Abdulla Öjalan 2025 yil fevralida tarafdorlarini qurolli kuraşni töxtatiş va Turkiya siyosiy tizimini demokratlaştiriş va unga töliq integratsiyalaşuvda iştirok etişni boşlaşga çaqirganidan keyin ötkazildi.

Abdulla Öjalan turk kurdlarini qurol taşlaşga çaqirdi U 1990 yillarning oxiridan beri umrbod qamoq jazosini ötamoqda.

Maqsadlarini Turkiyadagi kurdlarning milliy huquqlari uçun kuraş va kurd davlatini barpo etiş deb e’lon qilgan Kurdiston işçilar partiyasi 1974 yil noyabrda taşkil topgan. 1984 yildan beri Turkiya hukumatiga qarşi qurolli kuraş olib borayotgan edi. 40 yil içidagi qurolli mojarolar davomida 40 mingdan ortiq odam halok böldi.

KIP Turkiya, AQŞ va Yevropa Ittifoqi tomonidan terrorçi taşkilot deb e’lon qilingan.