Andijonda şahar sudi raisi 30 ming dollar bilan qölga tuşdi, Özbekiston kompaniyalari Ukraina sanksiyalariga uçradi, Mubaşşir Ahmad Turkiya politsiyasi tomonidan qölga olindi, Özbekiston va Eron imtiyozli savdo bitimi böyiça tovarlar röyxatini kelişib oldi — ötgan kun davomida Kun.uzʼda yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

Sud raisi pora bilan uşlandi

Andijon viloyati jinoyat işlari böyiça Xonobod şahar sudi raisi jinoyat ustida qölga olindi.

Kun.uz manbasiga köra, u tezkor tadbirda 30 ming AQŞ dollari olayotganda uşlangan.

Qayd etilişiça, bugun Sudyalar oliy kengaşining yiğilişi ötkazilib, unda boş prokurorning Andijon viloyati Jinoyat işlari böyiça Xonobod şahar sudi raisini jinoiy javobgarlikka tortişga oid taqdimnomasi muhokama qilingan.

Yakunda kengaş xulosasi bilan sud raisini jinoiy javobgarlikka tortişga rozilik berilgan va uning sudyalik vakolati töxtatilgan.

Kengaş tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib çiqib, boşqa tafsilotlar oşkor qilinmasligini, ijtimoiy tarmoqlardagi aksariyat manbalarda tarqatilayotgan şu mavzudagi xabarlar börttirilgan bölib, barça holatlarga tergov yöli bilan aniqlik kiritilişini bildirdi.

Özbekiston kompaniyalari Ukraina sanksiyalariga uçradi

Ukraina hukumati Rossiya, Xitoy, Eron, Belarus va Özbekistonda röyxatdan ötgan bir neçta kompaniyalarga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.

Umumiy röyxatda 67 ta Rossiya kompaniyasi bilan bir qatorda 7 ta xorijiy yuridik şaxs ham mavjud bölib, ularning 3 tasi Özbekistonda faoliyat yuritadi. Şuningdek, sanksiyalar röyxatiga Özbekistonning bir nafar fuqarosi ham kiritilgan.

Sanksiyaga uçragan kompaniyalardan biri Mercury Renaissance MÇJ. Korxona 2016 yilda Toşkent şahrida davlat röyxatidan ötgan. Faoliyat turi – quriliş texnikasi va uskunalarini ijaraga beriş hamda lizing xizmatlari. Ta’sisçilari Rustam Möminov va Şahriyor Tojiyev Sahiyoroviç.

Ikkinçi kompaniya — Raw Materials Cellulose MÇJ Jizzax viloyatida joylaşgan bölib, qoğoz massasi va sellyuloza işlab çiqarişga ixtisoslaşgan.

Uçinçi kompaniya – sellyuloza işlab çiqariş bilan şuğullanadigan «Farğona kimyo zavodi» MÇJ. Mazkur korxona Mercury Renaissance tarkibiga kiradi.

Şuningdek, Ukraina hukumati bir vaqtning özida Özbekiston va Rossiya fuqaroligiga ega ekanligi ta’kidlanayotgan Rustam Möminovga nisbatan çeklovlar kiritgan.

Sanksiyalar 10 yil muddatga joriy etilgan bölib, Ukraina hududidagi aktivlarni muzlatiş, litsenziyalarni bekor qiliş, savdo kelişuvlari, madaniy almaşinuvlar, ilmiy sohadagi hamkorlikni töxtatişni nazarda tutadi.

Mubaşşir Ahmad Turkiya politsiyasi tomonidan qölga olindi

Azon vaqfi kengaşi raisi va Azon Global axborot-tahliliy portali asosçisi, Mubaşşir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alişer Tursunov 8 may kuni Istanbuldagi öz uyidan gumonlanuvçi sifatida olib ketilgani ma’lum böldi.

Qayd etilişiça, şu kunning özida advokatlar iştirokida dastlabki suriştiruv ötkazilgan. Advokatlarga bildirilgan oxirgi ma’lumotga köra, suriştiruvdan söng Mubaşşir Ahmad Istanbuldagi Deportatsiya markaziga ötkazilişi, ertasiga – 9 may kuni u yerdan qöyib yuborilişi kerak bölgan.

Ammo oradan 4 kun ötgan bölsa-da, Immigratsiya boşqarmasi domlaning qayerdaligi, soğliği va sud jarayoni haqida advokatlariga ham, yaqinlariga ham heç qanday ma’lumot bermayapti. Vaholanki, Turkiya qonunçiligiga köra, nazoratda uşlab turilgan şaxsning oilasiga bu haqida ma’lumot berilişi, uning öziga ham yaqinlari bilan muloqot qilişga izn etilişi belgilab qöyilgan.

Hozirça Özbekistonning Anqaradagi elçixonasi va Istanbuldagi Boş konsulxona holat yuzasidan munosabat bermadi. Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Kun.uzʼga bergan izohida holatga aniqlik kiritib, ma’lumot berişini bildirdi.

Turkiyalik advokat va qoçoqlar huquqlari himoyasiçi Ibrohim Erginning yozişiça, Mubaşşir Ahmad Özbekistonga deport qilingan bölişi mumkin. Uni 9 may kuniyoq şoşilinç tarzda deportatsiya qilişmoqçi bölişgan, lekin jamoatçilik aralaşuvi tufayli Edirnega jönatilgan.

«Edirnedagi Migratsiya idorasida razvedka nazorati ostida saqlangan, keyinçalik şanba kuni yana Istanbulga qaytarilgan. Bu orada u yuridik tizimdan çetlab ötilgan va noqonuniy tarzda Özbekistonga topşirilgan», – deyiladi huquq himoyaçisining bayonotida.

Özbekiston va Eron imtiyozli savdo bitimi böyiça tovarlar röyxatini kelişib oldi

Tehronda bölib ötgan hukumatlararo uçraşuvda Özbekiston va Eron örtasida köp yillardan beri yeçimini kutayotgan transport-logistika masalalarini zudlik bilan hal etiş lozimligi ta’kidlandi.

Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov Tehronda Eron birinçi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Orif bilan muzokara ötkazdi. Tomonlar özaro savdoni 2 milliard dollarga çiqariş imkoniyatlarini muhokama qildi.

Rasmiy Toşkent transport-logistika sohasida köp yillardan beri yeçimini kutayotgan masalalarni zudlik bilan hal etiş lozim deb hisoblaşi ta’kidlandi.

Uçraşuv yakunida Özbekiston va Eron örtasida har tomonlama hamkorlikni mustahkamlaş böyiça «Yöl xaritasi», imtiyozli savdo bitimining tovarlar röyxatini tasdiqlaş bayonnomasi va boşqa hujjatlar imzolandi.