Afğoniston Imom Buxoriy majmuasi qurilişiga marmar jönatdi, Davlat şifoxonalaridagi pulli xizmatlar qimmatlaşadi, Toşkentdagi omborxonada katta yonğin sodir böldi — ötgan kun davomida Kun.uzʼda yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

Afğoniston Özbekistonga marmar sovğa qildi

Afğoniston Özbekistonga 16 ta yuk maşinasidagi Hirot oq marmarini taqdim etdi. Ularni Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasi qurilişida işlatiş rejalaştirilmoqda.

Termiz xalqaro savdo markazida ötgan uçraşuvda Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatilla Ergaşev, Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov, Afğoniston boş vaziri kotibiyati rahbari Mullo Abdulvose va Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo qatnaşdi.

Yuk maşinalaridagi plakatlarda «Birodar Afğoniston xalqi nomidan Imom al Buxoriy jome masjidi va majmuasiga tuhfa» deb yozilgan.

Ta’kidlanişiça, bu qalinligi 3,5−4 santimetr bölgan marmar plitalarning birinçi partiyasidir. U 324 ta qadoqdan iborat.

Muloqot çoğida ikki davlat örtasidagi köp qirrali hamkorlik, jumladan, savdo, transport, gumanitar va madaniy aloqalarni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilingan.

Boğotda xonadonlardan biriga noma’lum jism qulagani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Boğot tumanidagi uylardan biriga asteroid tuşgan bölişi mumkinligi haqidagi videolavha tarqaldi. Unda hodisadan oldin kuçli zarba ovozi eşitilgani aytiladi. Videoda uyning kiriş qismi, ya’ni dahlizi teşilib qolgani va şifti qulab tuşganini köriş mumkin.

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi rasmiy bayonot berib, xonadonga asteroid tuşganini rad etdi.

Qayd etilişiça, tumanning Yuksaliş mahallasidagi uy dahlizining taxminan 10 metr kvadrat tom qismi qulagani töğrisida xabar kelib tuşgan. Hodisa sodir bölgan manzilda Içki işlar hamda Favqulodda vaziyatlar boşqarmalarining maxsus laboratoriya xizmatlari tomonidan örganiş işlari olib borilgan. Örganişlar davomida hodisa joyida heç qanday fazo jismlari yoki portlaş xususiyatiga ega moslamalarning qoldiqlari aniqlanmagan. Şuningdek, örganişlarda xonadonda 2 ta propan gazballoni borligi ma’lum bölgan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi osmon jismi tuşganini rad etib, hodisaning kelib çiqiş sababini aniqlaş maqsadida maxsus ekspertiza tayinlanganini ma’lum qilgan. Aynan qanday predmetlar ekspertiza uçun olingani xabarda aytilmagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga bildirişiça, dastlabki ma’lumotlarga köra xonadonda propan gaz çaqnaşi sodir bölgan va tartib böyiça ekspertiza tayinlangan. Uy egalari taşqarida uxlagani sabab tan jarohati olganlar bölmagan. Uy egalari osmondan biror jism tuşganini taxmin qilgan.

Davlat şifoxonalaridagi pulli xizmatlar qimmatlaşadi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soğliqni saqlaş vazirligining qöşma qarori bilan pulli tibbiy xizmat körsatadigan davolaş-profilaktika muassasalarini moliyalaş tartibiga özgartiriş kiritildi.

Yangi tartibga köra, tibbiy xizmatga tölov qiymatini belgilaşda rentabellik körsatiladigan tibbiy xizmat tannarxining 20 foizidan ortiq bölişi mumkin emas.

8 mayga qadar amal qilgan tartibda tibbiy xizmatga tölovning eng köp qiymati davolaş-profilaktika muassasasi tomonidan budjet mablağlari hisobiga körsatilayotgan aynan şunday xizmatlar qiymatining 25 foizidan ortiq bölişi mumkin emasligi nazarda tutilgandi.

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, mazkur özgariş davlat şifoxonalaridagi pulli xizmatlar uçun tölovlarning 4,8 karraga oşişiga olib kelişi mumkin.

Ya’ni eski tartib böyiça 100 ming sömlik qiymatga ega bölgan xizmat uçun 25 ming söm undiriş mumkin bölgan. Tasdiqlangan özgarişlarga köra, tannarxi 100 ming söm bölgan tibbiy xizmat uçun tölov 120 ming sömdan oşmasligi kerak böladi.

Toşkentdagi omborxonada katta yonğin yuz berdi

Toşkent şahri Sergeli tumanidagi omborxonada yonğin sodir böldi.

Yonğin haqida poytaxt Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga soat 11:03 da xabar kelib tuşgan. 12 yonğin-qutqaruv ekipaji qariyb 2,5 soatda yonğinni öçirişga muvaffaq bölgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi yonğin oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tuşmaganini bildirdi. Ta’kidlanişiça, hozirda yonğin sabablari hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Vazirlik xabarida yonğin sodir bölgan omborxonada nimalar saqlangani haqida ma’lumot berilmagan.