Özbekistonda «Harvardçilar maktabi» oçiladi, bolalarga maşinani boşqarişni berganlik uçun javobgarlik kuçaytiriladi, Yangi Toşkentning 30 foizi boğ va xiyobonlar uçun ajratiladi, bolalar kontentini rivojlantiriş bilan şuğullanuvçi markaz taşkil etildi — ötgan kun davomida Kun.uzʼda yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Bolalarga maşinani boşqarişni berganlik uçun javobgarlik kuçaytiriladi
Prezident Namanganda maktab öquvçilariga avtomobilni ijaraga beriş avj olganini tanqid qilib, oqibatda köplab yoşlar majruh bölib qolayotgani, ölim holatlari ham köpligini aytdi. Bunday qilmiş uçun javobgarlik kuçaytiriladigan böldi.
Qayd etilişiça, Namanganda öquvçilarga avtomobilni ijaraga beriş avj olgani oqibatida, har oyda 10-15 nafar yoşlar majruh bölib qolyapti. Ölim bilan tugayotgan holatlar ham köp.
Prezident içki işlar boşliqlari, viloyat va tuman prokurorlari qonun ustuvorligini ta’minlaşda sustkaşlikka yöl qöyayotganini ta’kidladi. Şu munosabat bilan bolalarga maşina boşqarişni berganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş böyiça qonun loyihasini tayyorlaş topşirildi.
Namanganda maktab öquvçilariga avtomobilni ijaraga beriş «biznesi» gullayotgani haqida Kun.uz bir neça bor yozgandi. Xususan, 17 aprel kuni e’lon qilingan maqolada namanganlik maktab öquvçilari ijaraga olingan maşinada yana avtohalokatga uçragani, maşinasini bir neça soatga ijaraga beriş orqali oson pul topayotganlar bu noqonuniy işini hammaning köz öngida qilayotgani, viloyat IIB va YHXB mas’ullari esa negadir ularga nisbatan jiddiy çora körolmayotgani ta’kidlangan edi.
Yangi Toşkentning 30 foizi boğ va xiyobonlar uçun ajratiladi
Yangi Toşkent aholisi zarur xizmatlardan piyoda yoki velosipedda 15 daqiqa içida foydalaniş imkoniyatiga ega böladi.
Yangi Toşkent direksiyasi axborot xizmati rahbari Şahnoza Nurmatovaga köra, şaharning energiya ta’minoti deyarli 100 foiz qayta tiklanuvçi energiya manbalariga asoslanadi. Birinçi bosqiçda paxta poyalaridan işlab çiqariladigan bioyonilği asosidagi trigeneratsiya qurilmasi işga tuşiriladi. Bu inşoot 50 megavatt issiqlik va 27 megavatt elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
Quyoş elektr stansiyalari va gidroelektr quvvatlari orqali şaharga 1 gigavatdan ortiq yaşil energiya yetkazib beriladi. Energiya uzluksizligini ta’minlaş maqsadida yirik energiya saqlaş tizimlari örnatiladi.
Loyiha doirasida birinçi bosqiçda yerning 30 foizi yaşil park va xiyobonlar uçun ajratiladi. Binolarda yaşil tom texnologiyasi joriy etilib, ularning jazirama yoz kunlarida salqinlikni saqlaşiga xizmat qiladi. Bu innovatsion yeçim şaharning iqlimiy barqarorligini oşiradi va energiya tejamkorligini ta’minlaydi.
Özbekistonda «Harvardçilar maktabi» oçiladi
Şavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oşiriş hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Yiğilişda ta’kidlanişiça, xorijda öqiyotgan özbekistonlik yoşlarning atigi 1 foizi top-100 dagi oliygohlarga kirgan. Vaholanki, top-10 bilan top-200 dagi ta’lim narxi bir-biridan atigi 15-20 foizga farq qiladi.
«Yoşlarimiz juda iqtidorli. Ularni tizimli yönaltirib, oliygoh tanlaşga kömaklaşib, maqsadli tayyorlaşni yölga qöysak böldi, körsatkiçlarimiz karrasiga oşadi», – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari «Prezident iqtidorli farzandlari» milliy dasturini boşlaş va «Harvardçilar maktabi»ni oçiş böyiça katta farmon imzolaganini aytdi.
Bu muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida taşkil etiladi. Bu yil 8-sinf bitiruvçilaridan 60 nafari saralab olinib, xalqaro maktabda top-10 oliygohlarga maqsadli tayyorlanadi.
Bundan taşqari, Prezident va ixtisoslaşgan maktablardan 208 nafar maslahatçi umumta’lim maktablariga biriktiriladi.
Milliy dastur asosida maslahatçilar maktablardan har yili eng salohiyatli 3 ming öquvçini tanlab olib, AQŞning Harvard, Yyel, Kolumbiya, Kornel kabi oliygohlariga tayyorlaydi.
Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi taşkil qilindi
Prezident qarori bilan Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi qoşida Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi taşkil qilindi.
Uşbu markaz bolalar tarbiyasi va soğliğiga salbiy ta’sir qiladigan axborot makonidagi kontentni tahlil qiladi. Mahalliy ijodkorlarga milliy kontent yaratiş böyiça buyurtma beradi, sohada kadr tayyorlaşni taşkil qiladi. Qori Niyoziy instituti markazga ilmiy jihatdan kömaklaşadi.
Bolalar kontentini rivojlantiriş markaziga direktor etib taniqli rejissyor Jahongir Ahmedov tayinlandi.
Şuningdek, prezident tomonidan yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil qiliş uçun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonçalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm obektlari imkoniyatlaridan töliq foydalaniş zarurligi ta’kidlandi.











