AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan taklif qilingan «Oltin gumbaz» raketalarga qarşi mudofaa tizimi dasturini yaratiş uçun 1,5 trillion dollardan ortiq mablağ kerak böladi. Bu haqda Amerika Kosmik kuçlari ştab boşliği general Bredli Çens Zalsman ma’lum qildi.

Xavfsizlik böyiça konferensiyada çiqiş qilgan Zalsman AQŞ Kongressi raketalarga qarşi mudofaa tizimini yaratiş uçun ajratiş rejalaştirilayotgan 542 milliard dollarlik budjet mablağlari yetarli emas.

«Qöşimça moliyalaştiriş talab etiladi», — deydi general.

Uning ta’kidlaşiça, dastur past va örta Yer orbitasida sun’iy yöldoşlar arxitekturasini yaratişni öz içiga oladi — bu Xitoy va Rossiya kabi davlatlarning gipertovuşli raketalari hamda boşqa murakkab tahdidlarini aniqlaş, kuzatiş hamda yakson etiş uçun zarur.

«Oltin gumbaz» dasturi AQŞ sobiq prezidenti Ronald Reyganning Yadro hujumidan mamlakatni himoya qilişga qaratilgan Strategik mudofaa taşabbusi bilan soliştirilmoqda. Öşa paytdagi raketalarga qarşi mudofaa dasturi nihoyat yuqori xarajatlar va texnologik çeklovlar sababli muvaffaqiyatsizlikka uçragan edi.

Zalsmanning aytişiça, «Oltin gumbaz» loyihasi hali işlab çiqiliş bosqiçida. Asosiy reja tayyor bölgaç, u mudofaa vaziri Pit Hegsetga topşiriladi va u orqali Oq uy tasdiğiga taqdim etiladi.

Avvalroq Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi va uning ikki şerigi yangi avlod «Oltin gumbaz» raketalarga qarşi tizimini yaratişga asosiy nomzodlarga aylangani töğrisida xabar berilgandi.