Ota-ona qaramoğisiz qolgan yana bir voyaga yetmagan qiz onasi bilan Rossiyadan Özbekistonga qaytarildi, deya xabar bermoqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova idorasi.

Bolalar ombudsmaniga Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro N.G (ayol)ning murojaati kelib tuşgan.

Unda ayol 2023 yilda tuğilgan voyaga yetmagan nevarasi D.R.ning otasi vaqtinça hibsxonada, onasi esa migratsiya markazida saqlanayotgani sababli qiz ota-ona qaramoğisiz qolganini bildirgan. U hozirda Nijniy Novgorod şahar bolalar şifoxonasida ekanini aytib, nevarasini Özbekistonga qaytarilişida amaliy kömak söragan.

Bolalar ombudsmani, Içki Işlar vazirligi, Özbekistonning Rossiyadagi Boş konsulligi vakillari hamkorligida bolaning Özbekistonga qaytariş çoralari körilib, hujjatlar rasmiylaştirilgan.

Şuningdek, Boş konsullik sa’i-harakatlari bilan bolaning onasi ham Özbekistonga farzandi bilan qaytişi uçun çoralar körilgan.

16 may kuni qizça onasi hamrohligida Özbekistonga olib kelingan va buvisining yaşaş manziliga yetkazilgan.