Osakadagi Expo-2025 körgazmasida «Bilimlar boği: kelajak jamiyati laboratoriyasi» deb nomlangan Özbekiston paviloni yuz minglab mehmonlarning e’tiborini tortişga ulgurdi. Bu haqda prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva özining Telegram kanaliga yozib qoldirdi.

«Uşbu loyiha menga juda qadrli, çunki konsepsiyani işlab çiqişning dastlabki bosqiçlaridanoq unda iştirok etiş baxtiga muyassar böldim. Öşanda men Özbekistonda keçayotgan çuqur jarayonlarni — innovatsiyalar va an’analar örtasidagi uyğunlikni, kelajakka intiliş va abadiy qadriyatlarga hurmatni aks ettiruvçi makon yaratiş ğoyasini taklif qilgandim», — deydi Saida Mirziyoyeva.

Qayd etilişiça, ilhom manbai sifatida Xivada joylaşgan 213 ta noyob ustunli jome masjidi hamda Buxoroning lojuvard koşinlari tanlangan. Aynan şular pavilonning me’moriy va mazmuniy asosini taşkil etadi.

Pavilon özbek jamiyati kabi madaniyatlar, tillar va tarixiy voqealar xilmaxilligidir. Ötmiş va kelajakni boğlovçi köprik bölib, dunyo Özbekistonning bugunini çuqurroq anglaşiga xizmat qiladi.

«Xalqaro hamkorlarimizga körsatgan yordami va işonçi uçun minnatdorlik bildiraman. Birgalikdagi madaniy taşabbuslar va özaro muloqot yurtimiz uçun yangi imkoniyatlar va e’tirof olib kelişiga işonaman», — deya ta’kidlaydi prezident yordamçisi.

Ma’lumot uçun, «Bilimlar boği» paviloni — 750 kvadrat metr maydonni egallagan uç qavatli inşootdir. 8 metr balandlikdagi muallaq yoğoç qurilma örmonni ifodalaydi: u ham boşpana, ham bilim almaşiş joyi bölib xizmat qiladi. Yoğoç qurilma har tomondan va yuqorisidan oçiq. Razm soliş burçagiga qarab kesişgan yoğoç ustun va tösinlar öziga xos naqş va bezaklarni hosil qiladi, bu esa özbek naqşin bezak beriş san’atida milliy madaniyatning muhim qismi sifatida işora qiladi.