Uçraşuv Vengriya işbilarmon doiralari, yirik kompaniya va boşqa nufuzli korporatsiyalar rahbarlari iştirokida ötdi.
Prezidentimiz öz nutqida, Vengriya investitsiyalarining Özbekiston iqtisodiyotiga kirib kelişi jadal sur’atlarda davom etayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Xususan, “OTP Bank” tomonidan “Ipoteka Bank”ning sotib olinişi – mamlakat moliya bozoriga bölgan işonçning yorqin namunasi sifatida e’tirof etildi.
Öz navbatida, Şandor Çani şunday dedi:
“Biz Özbekistonda uzoq muddatli va barqaror şeriklikni rivojlantirişga katta qiziqiş bildiramiz. Mamlakatdagi biznes muhiti va islohotlar etarliça şaffof va işonçli. Bu yerdagi imkoniyatlar, ayniqsa bank, sanoat va infratuzilma sohalarida, juda katta. Biz nafaqat moliyaviy xizmatlar, balki kiçik va örta biznesni moliyalaştiriş, soha innovatsiyasini qöllab-quvvatlaş böyiça ham faol iştirok etişni rejalaştiryapmiz”.
Prezidentimiz tomonidan avtokreditlaşni rivojlantiriş, qöşma moliyalaştiriş dasturlarini amalga oşiriş, yirik parrandaçilik klasterini quriş böyiça loyihalarga keng imkoniyatlar yaratilişi alohida ta’kidlandi.
Şavkat Mirziyoyev quyidagilarni ta’kidladi:
“Biz mamlakatlarimiz işbilarmon doiralari örtasidagi mustahkam aloqalarni rivojlantiriş uçun barça şaroitlarni yaratamiz. Yangi imkoniyatlar va istiqbolli loyihalarga asoslangan şeriklik bizni kelajakda yanada yaqinlaştiradi.”
Tadbir yakunida ustuvor investisiyaviy loyihalarni amalga oşiriş böyiça kelişuvlar va hamkorlik memorandumlari almaşinuv marosimi bilan yakunlandi.







