Özbekistonliklar uçun AQŞga viza talablari yengillaştirilişi mumkin, bloger Qobil Dösov yana sud qilinmoqda, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat iş boşlaydi, Budapeştda Turkiy davlatlar taşkiloti norasmiy sammiti bölib ötdi — ötgan kun davomida Kun.uzʼda yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Özbekistonliklar uçun AQŞga viza talablari yengillaştirilişi mumkin
2025 yil 15 may kuni Özbekistonga sayyohlar oqimini köpaytiriş va turistik xizmatlar kölamini kengaytirişga doir prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra, Taşqi işlar vazirligi uç oy muddatda Rossiya, Qozoğiston va Ozarboyjon davlatlari fuqarolari uçun Özbekiston hududiga içki hujjat yoki ID-karta, şu jumladan, 16 yoşga tölmagan fuqarolarga «kinder pasport» bilan 30 kungaça kiriş rejimini joriy qiliş yuklatildi.
Şuningdek, Taşqi işlar vazirligi Amerika Qöşma Ştatlari fuqarolari uçun Özbekiston hududiga 30 kunlik muddatga vizasiz kiriş rejimini joriy qiliş hamda Özbekiston fuqarolari uçun AQŞga viza talablarini yengillaştiriş yuzasidan muzokaralar boşlaş topşirildi. Vazirlik 3 oy içida uşbu masala yakuni böyiça taklif kiritişi kerak.
Bundan taşqari, Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta muddatda mahalliy hokimlarni Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Koreya, Indoneziya, Malayziya va Körfaz arab davlatlaridan xorijiy turistlarni köpaytiriş maqsadida tegişli hududlarga biriktiriş topşirildi.
Bloger Qobil Dösov ustidan yana bir sud işi bölib ötmoqda
Böstonliq tumani sobiq deputati, bloger Qobil Dösov ustidan yana bir sud işi bölib ötmoqda. U Jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudida sudya Tolibjon Obidov raisligida körib çiqilyapti. Sobiq deputat Jinoyat kodeksining «tuhmat», «haqorat qiliş», «yolğon xabar beriş» moddalari bilan ayblanmoqda.
Sud işida 5 kişi jabrlanuvçi bölib ötgan. Ularning aksariyati ta’lim tizimi vakillari. Jumladan, jabrlanuvçilar orasida Navoiy viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi boşliği Ra’no Hayitova ham bor.
20 may kuni uşbu jinoyat işi böyiça sud majlisi ötkazilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda sudda prokuror Qobil Dösovga 6 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi söragani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Qobil Dösov avvalroq Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri örinbosari Farhod Boqiyevni haqorat qilganlikda aybli deb topilib, 1 yilga ozodlikni çeklaş jazosiga hukm qilingandi. Fevral oyi oxirida esa sobiq deputatga sud hukmi bilan 1 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlangan.
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat faoliyati yölga qöyiladi
«Prezident iqtidorli farzandlari» taşabbusini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi. Farmonga köra, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat faoliyati yölga qöyiladi. Maktabda öquv jarayoni 2025-2026 öquv yilidan boşlanadi.
Maktab bitiruvçilariga davlat namunasidagi ta’lim töğrisidagi hujjat bilan bir qatorda yetakçi xorijiy oliy ta’lim taşkilotlariga öqişga kiriş imkonini beruvçi xalqaro ta’lim dasturi diplomi beriladi.
Maktabda ta’lim jarayoni variativ öquv rejalar asosida amalga oşiriladi hamda öquvçilar ingliz tilidan taşqari kamida yana bitta qöşimça xorijiy tilga öqitiladi. Maktabda davlat budjeti mablağlari hisobidan öqitiladigan öquvçilarning umumiy çeklangan soni 180 nafarni taşkil etadi.
Turkiy davlatlar taşkiloti norasmiy sammiti bölib ötdi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 21 may kuni Budapeşt şahrida bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkilotining norasmiy sammitida iştirok etdi.
Kun tartibiga muvofiq, taşkilot doirasidagi köp qirrali hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi, amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Özbekiston yetakçisi Xalqaro turkiy madaniyat taşkiloti — TURKSOY faoliyati va tuzilmasini takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş hamda Turkiy madaniyat jamğarmasi kengaşining navbatdagi yiğilişini Özbekistonda ötkazişni taklif etdi.
Şavkat Mirziyoyev, şuningdek, turkiyalik atoqli olim, biokimyogar, Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjarni Alişer Navoiy nomidagi xalqaro mukofotga sazovor bölgani bilan tabrikladi.
Sammit yakunida Budapeşt deklaratsiyasi, şuningdek, hamkorlikning ustuvor yönalişlari böyiça boşqa qator hujjatlar qabul qilindi.











