Toşkent viloyati Angren şahrida öğirlik sodir etgan maktab öquvçilari qölga olindi, deb xabar beradi viloyat IIBB axborot xizmati.
Qayd etilişiça, 17 aprel kuniga ötar keçasi Angren şahri Nurçi mahallasida noma’lum şaxs Damas rusumli avtomaşinadan pul mablağlari öğirlangani haqida hududiy Içki işlar bölimiga xabar kelib tuşgan. Holat örganilib, tegişli tartibda jinoyat işi qözğatilgan.
Olib borilgan tezkor çoralar natijasida uşbu jinoyatni 15–17 yoşdagi tört nafar maktab öquvçisi sodir etgani aniqlanib, ular protsessual tartibda uşlangan.


Dastlabki tergov davomida gumonlanuvçilar uşbu öğirlangan pullarni maktab bitiruv keçasi uçun kerak bölgan xarajatlarni qoplaş maqsadida olganini bildirgan.
«Bu kabi holatlar barçamizni birdek öylantirişi kerak. Çunki bitiruv keçalari va şu kabi tadbirlardagi ortiqça xarajatlar, «boşqalardan qolmaslik» hissi, moddiy bosim — ayrim öquvçilarni jinoyatga boşlamoqda», — deyiladi IIBB xabarida.












