Qirğizistonda migratsiya qonunçiligini buzgan xorijliklar va fuqaroligi bölmagan şaxslarga 2025 yil 10 iyuniga qadar holatini qonuniylaştiriş imkoniyati beriladi. Bu haqda prezident Sadir Japarov farmonida belgilab qöyilgan.
Qirğiziston Vazirlar Mahkamasiga migratsiya qoidalarini buzgan xorijliklarni qonuniylaştiriş tartibini belgilovçi vaqtinçalik nizomni tasdiqlaş topşirildi.
Farmonga köra, vizasi yoki yaşaş uçun ruxsatnomasi muddati tugagan yoki zarur hujjatlari yöq bölgan, şuningdek, qonuniy böliş muddati tugagandan keyin mamlakatni tark etmagan çet el fuqarolari yoki fuqaroligi bölmagan şaxslar ixtiyoriy tarzda holatini qonuniylaştirsa, ma’muriy javobgarlikdan qutulişi mumkin böladi.
Içki işlar vazirligi tomonidan bunday xorij fuqarolarini aniqlaş yölga qöyilib, vakolatli organlar ular örtasida axborot-tuşuntiriş işlarini taşkil etdi.
Qirğizistonda 2025 yilning 10 iyunidan boşlab migratsiya qonunçiligini buzganlarni aniqlaş böyiça «Nolegal» keng kölamli operatsiya boşlanişi ma’lum qilingan edi, mamlakatda noqonuniy migrantlar soni beş mingga yaqin deb baholanmoqda.












